Asosiy kontentga ötiş

Akademiklar

Örazboev Muxammad Toşeviç

1956 yildan boşlab ÖzR FA akademigi, qolaversa Arxitektura va quriliş akademiyasi akademigi, Rossiya va Özbekistonning Davlat mukofoti sovrindori, Özbekistonda xizmat körsatgan fan va texnika arbobi, atoqli muhandis. M.T.Örozboev respublikada mintaqaning dolzarb muammolari bilan boğliq umumiy mexanika, gaz va suyuqliklar mexanikasi, qattiq jismlar mexanikasi, bino va inşootlar mustahkamligi, maşina va mexanizmlar mexanikasi, hisoblaş mexanikasi yönalişi böyiça qator ilmiy maktablar taşkil etdi va rivojlanişiga hissa qöşdi. U meʼyoriy işlanmalar va reglamentga asoslangan hujjatlar, konstuktsiyalar mustahkamligini baholaş, paxta teriş maşinalari va mexanizmlari nazariyasi, bino va inşootlar seysmik mustahkamiligi dinamik nazariyasi, qobiqni ikki tomonlama egilişini hisoblaş nazariyasi, tola deformatsiyasining oğirliq mexanikasi, gruntli töğonlar filtratsiyasi masalalarini eçişning gidrodinamik uslublari va matematik asoslari, ingiçka sterjenni eşiş va egiliş nazariyasi sohalarida eng muhim natijalarni olgan. U birinçilardan bölib harakatning turli davlarida tolaning işqalanişini özgariş qonunini tahlil qildi (mexanizmlarning elastiklik zvenosi), inşootlarni takrorlanuvçi seysmik impulslarini harakatlarini tadqiq qildi va gidroelastiklik tizimlar seysmik mustahkamligining dinamik nazariyasini şakllantirdi.


Raxmatulin Xalil Axmedoviç

1947 yildan boşlab ÖzR FA akademigi, atoqli muhandis, Rossiya va Özbekistonda xizmat körsatgan fan va texnika arbobi, Davlat mukofoti sovrindori. Raxmatulin Xalil Axmedoviç Özbekistonda mexaniklar maktabini yaratdi va egiluvçan-plastik tölqinlar tarqalişi nazariyasi, gaz tarqalişida zarba tölqini difraktsiyasi, jism ötkazuvçanligi aerodinamikasi va paraşyut nazariyasi, gruntlar dinamikasi, köp komponentli muhitlar harakati va boşqa sohalarda fundamental natijalarni olgan. U plastik deformatsiya jarayonida bir-biriga boğliq takrorlanmas öziga xos tölqinlarning yuksizlanişini kaşf qildi. Bu töqinlar adabiyotlarda “Raxmatulin tölqinlari” deb nomlanadi. Uning zamonaviy paraşyut tuzilişining nazariy asoslarini takomillaştirişda paraşyut tizimi turli vazifalarini ekspluatatsion sifatlari rivojlanişida, şu jumladan kosmik texnikada hissasi juda katta bölgan. U mudofa uçun keng qöllaniladigan havoni tösiş aerostat troslarini hisoblaşda köndalang zarba nazariyasidan foydalandi. U köp fazali muhitlar harakatining bir-biriga ötişi nazariyasini asos qilib oldi. U ikki fazoli aralaşmani çegara qatlami nazariyasi asosida tölqinlarni tarqaliş qonuni asoslarini tahlil qildi, siqilgan fazalarni bir neçta aralaşmalari harakatining tutaş tenglamalar sistemasini birinçilardan bölib oldi. Suyuq va qattiq zarralarni tarkibiga oluvçi tovuş tezligidan yuqori gaz oqimini masalasini eçiş birinçilardan bölib qöyilgan edi.


Qobulov Vosil Qobuloviç

1966 yildan boşlab ÖzR FA ning akademigi, mexanika sohasida taniqli olim, Özbekistonda xizmat körsatgan fan va texnika arbobi, Özbekiston davlat mukofoti sovrindori. V.Q.Qobulov sterjenlar va qobiqlar nazariyasini aniqlaş va hisoblaş usullarini rivojlantirgan, çegaralangan sterjenlarning böylama, burama va köndalang tebranişida plastik tölqinlar fronti tarqalişini va yuksizlanişini ifodalovçi algoritmini işlab çiqqan, kesimi yumaloq bölmagan sterjenlar, baland ustunlar va silindrik qobiqlarni burama masalalarini eçgan. U elastik hamda plastik plitalarning tölqinlar va qalinligi radiusiga nisbatan keng diapazonada bölgan qobiqlarning nazariyasini yaratgan. Bino va inşootlarni zilzilabardoşligini dinamik nazariyasi masalalari, tebranişlarning yuqori şaklining taʼsiri, zilzila taʼsirida içki işqalanişni taʼsiri masalalari ustida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Kibernetikada asosiy muammolarni va algoritmlaş nazariyasini yaratgan, deformatsiyalanadigan qattiq jismlar mexanikasini fazoviy masalalarida, quriliş mexanikasida, maʼlumotlarni ramziy işlab çiqiş va tutaş muxit mexanikasining baʼzi bir çegaraviy masalalarini qöyilişini avtomatlaştirişgan. Siziş nazariyasida ham qator algoritmik sistemalar yaratgan, ular neft va gaz konlarini loyixalaşda hamda gazni er ostida saqlaş masalalarida qöllaniladi.


Fayzullaev Jorulla Fayzullaeviç

1974 yildan ÖzR FA ning muxbir aʼzosi, mexanika soxasidagi taniqli olim. J.F.Fayzullaev neft mexanikasida, biomexanikada, suğorişda keng qöllanilayotgan köp fazali tizimlar gidrodinamikasini işlab çiqqan. Landau-Raxmatulin mexanik modeli va А.А.Ilyuşinni qovuşqoq-plastik muxit modellari asosida aralaşmalarni turli xil reologik xossalarga ega bölgan, qovuşqoq-plastik, qovuşqoq va ideal muxitlarni gidrodinamik modelini işlab çiqqan. Bu gidrodinamik model Raxmatulin-Fayzullaev modeli deb nomlanadi. Ikki fazali muxitlarni qovuşqoq-idel xarakatlarini nazariy tadqiqotlari natijalari asosida ideal va qovuşqoq fazalar kinematik nuqta nazardan özini qovuşqoq suyuqlik kabi tutişini körsatib berdi. Nazariy va tajribaviy tadqiqotlar asosida suğoriş suvlarini tejaş imkonini beruvçi tuproqni içki suğorişni tavsiya qildi. U suyuqliklarga magnitli qayta işlaşni gidrodinamik taʼsirlarini örgandi va magnitli qayta işlaş yordami bilan xöl plastinka sirtidagi namlikni buğlaniş tezligi effektini aniqlagan.


Raşidov Tursunboy Raşidoviç

1984 yildan boşlab ÖzR FA ning akademigi, mexanika sohasida taniqli olim, Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi, Özbekiston davlat mukofoti sovrindori. T.R. Raşidov murakkab tarmoqli er osti inşootlari seysmodinamikasi nazariyasi yaratgan, tajribaviy tadqiqotlar va zilzila oqibatlarini keng kölamda örganib asoslagan. Birinçi marotaba er osti inşootlarini atrofidagi grunt bilan elastik-qovuşqoqplastik xossaga ega bölgan, özaro taʼsirini mohiyatini aniqlagan, quvurlarni mayda zarraçali gruntlar bilan özaro taʼsirini ularni birgalikdagi harakatida hamma kinematik parametrlarini hisobga oluvçi reologik modelini işlab çiqqan. U bino va inşootlarni zilzilabardoşligi nazariyasini, hayotni taʼminlovçi tizimlarni er osti inşootlarini, metropolitenlarni statsionar va peregon tonnellarini hisoblaş usullarini rivojlantirgan. Uning rahbarligi ostida GIS-texnologiyasi asosida kuçli zilzilalarda aholi yaşaş punktlarini seysmik xavfini va zararlanişini baholaşni metodologiyasi işlab çiqilgan va Respublikamizning katta şaxarlariga qöllanilgan, şuningdek Toşkent, Samarqand, Namangan va Xiva. Uning rahbarligida işlab çiqilgan tavsiyalar meʼyoriy xujjatlarda va Toşkent metropolitenini qurilişida zilzilabardoş quriliş böyiça qöllanma sifatida qöllanilgan, seysmoizolyatsiyalangan asosli binolarni va er osti kommunikatsiyalarida va zilzilaviy xuddudlarda inşootlar qurilişida qöllanilmoqda.


Usmonxujaev Xalim Xaydaroviç

1984 yildan ÖzR FA akademigi, mexanika soxasida taniqli olim, Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi, Özbekiston davlat mukofoti sovrindori, Özbekistonda maşina va mexanizmlar nazariyasi böyiça ilmiy maktab taşkilotçisi. X.X.Usmonxöjaevning asosiy tadqiqotlari mexanizmlar, maşinalar va avtomatik liniyalar nazariyasi, riçagli va epitsiklik mexanizmlar nazariyasi paxta teriş maşinalari nazariyasi, maşina agregatlarini dinamikasi bilan boğliq. Namlikni, temperaturani va strukturasini hisobga olib, turli kinematik juflar orasidagi işqalaniş koeffitsientini aniqlovçi uskunani yaratgan. Paxtani terim tölalagi bir xillik nazariyasini va paxta teriş maşinalarini unumdorligi böyiça baholaş metodikasini; köp valli jinlar unumdorligi va uning parametrlarini asoslaşni; pnevmatik va mexanik saralovçi va yangi tuğri tartibli paxta teruvçi apparat; köp urunma planetar mexanizmli paxmoqlaydigan maşinalar nazariyasi işlab çiqqan. Dinamik konstruktsiyalarni kinematik juftlarini nazariyasini işlab çiqqan va paxta teriş apparati taşkil qiladigan şpindellari oilasini yaratuvçilaridan biridir. Tadqiqot natijalari asosida paxta teriş jarayonlari nazariyasi böyiça "EPI-tsipotsiklograf universal uskunasini" yaratgan.


Gluşenko Aleksey Daniloviç

1984 yildan ÖzR FA akademigi, taniqli olim va maşinalar dinamikasi, tebranişi va mustaxkamligi sohasida ilmiy maktab taşkilotçisi. А.D.Gluşenko terim apparatida ğöza tupiga köp marotaba işlov beruvçi (MOKX) yangi texnologik sxemasini işlab çiqqan, vertikal şpindelli paxta teriş maşinasida şpindellar, baraban va ajratgiçlarini tebranişlarini tadqiq qildi, tebranişlarni söndiruvçi moslama parametrlarini asosladi, paxta teriş maşinasi şpindel uzatma mexanizmlarini takomillaştirdi, yangi konstruktsiyadagi tasmalar bilan şpindel uzatma mexanizmlarini loyihalaş metodlarini, ularni işonçli va uzoq muddat işlaş usullarini yaratdi va ular 17XV-1,8 va 14XV-2,4 paxta teriş maşinasi apparatiga qöllanildi. Yuqori samarali va mukammal texnik eçimga ega bölgan MOKX apparati paxta xom aşyosini terişda terim töliqligini, paxtadan tola va ip (pryaja) çiqiş miqdorini oşirişga imkon yaratdi. Bu apparat paxta teriş maşinasining oltita modifikatsiyasida qöllanildi. Teplovozlardagi tortuvçi elektrodvigatellarin tebraniş nazariyasi va dinamik mustaxkamlikka hisoblaş, hamda ularni eçmasdan turib texnik xolatini diagnostika qiliş usullarini yaratdi. U elektrovoz ğildirak juftlarining rels bilan özaro taʼsir natijasida edirilişini modellaştirdi va asosladi, VL-80 elektrovozlari hamda TE 10M markali teplovozlar ğildirak juftligining relsga tegib turuvçm yuza notekisligi yoki edirilgan joylarni qizdirib, eritma quyiş yöli bilan qayta tiklaşning eng qulay usullarini asosladi, VL-60K va 2VL-60K, eletrovozlarni kuzovi va telejka rama detallarini kuçaytiriş böyiça instruktsiyalarni yaratdi, bular “Özbekiston” deposida va “Öztemiryölmaştaʼmir” da tadbiq qilindi.


Lebedev Oleg Vladimiroviç

1987 yildan Öz RFA akademigi mexanika soxasida taniqli olim, ğildirakli maşinalarni konstruktsiyalaş va ularning ekspluatatsiyasi nazariyalarini yaratib, ilmiy maktab şakllantirgan. ğildirakli maşinalar harakati boşqaruvida mavjud yönalişlarni rivojlantirib, yangilarini yaratdi, rul boşqaruvi gidrodinamikasi nazariyasi, istiqbolli gidrokuçaytirgiç va şinalar bosimi manbalari hisobi, şular jumlasidan. U yaratgan ixtirolar rul boşqaruvi tizimlari, gidroyuritma, traktorlar gidrotizimi va old köprigi ekspluatatsiyasida keng foydalaniladi. O.V.Lebedev yaratgan bunker gidroqulfi paxta teriş maşinasining mehnat samaradorligini oşiradi, vibrotribometr material emirilişini yuqori darajada aniqlaydi va tajribada keng qöllanilib kelmoqda. U işqalaniş jarayonida moylaş materiallarining emirilişga qarşi xususiyatlari sohasida muhim kaşfiyot qilgan, moyda kislorod qança kam bölsa, emiriliş şunça sekin böladi. Zamonaviy texnologiyalar va noosferaning özaro boğlanişi, mexanika, kuçli çiziqsizliklarga ega dinamik tizimlar, maşinalar mexanikasi sohalariga favqulodda holatlar nazariyasini tadbiqan rivojlantirgan. U birinçi bölib, xaos va favqulodda xolatlar nazariyalarini avtomobilqurilişi masalalariga qöllaş böyiça izlanişlarni boşlagan. Maşinasozlikda laboratoriyaviy va tabiiy sinovlarni sonli, yarim tabiiy va imitatsion modellaştiriş bilan almaştiriş imkonini beruvçi mexatronika (mexanikaning zamonaviy izlaniş uslublari va kompyuter texnologiyalari) sohasidan foydalangan.


Jöraev Töxtamurod Jöraeviç

1989 yildan ÖzR FA akademigi, matematika soxasidagi taniqli olim, Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi, Özbekiston davlat mukofoti sovrindori. T.D.Jöraev Özbekistonda xususiy xosilali differentsial tenglamalar yönalişida ilmiy maktab yaratgan. Matematik fizikaning klassik bölmagan tenglamalari uçun çegaraviy masalalarni aniqlik nazariyasini işlab çiqilişiga katta hissa qöşgan. U elleptik-giperbolik, elliptik-parabolik va giperbolik-parabolik tipidagi aralaş tenglamalarni tizimli örganişni amalga oşirgan, şuningdek parabolik-giperbolik aralaş tenlamani uçun nomaʼlumni çiziqli özgarişi tipidagi çegaraviy masalani birinçi marta örgangan. U uçinçi va törtinçi darajali tenglamalarni töliq klassifikatsiyalagan va ularni kanonik körinişda eçiş metodini körsatgan.

 

 



Mubarakov Yarmuxammad Nurupoviç

1995 yildan ÖzR FA ning akademigi, mexanika sohasida taniqli olim, Özbekiston Davlat mukofoti sovrindori. Ya.N.Mubarakov er osti inşootlarining seysmodinamik nazariyasini rivojlantirib, fazoviy jismlarni kuçlanganlik-deformatsiyalanganlik xolati tadqiqotlari asosida nazariy asoslarni işlab çiqdi, ularni er osti inşootlarini konstruktsiyalarini fazoviy modelini xarakterli parametrlarini boğliqligini va seysmik tölqinlar nazariyasida qölladi, tabiiy dala şaroitida ötkazilgan tajriba sinovlar asosida keng miqiyosda er osti portlaşlari taʼsirida turli bino va inşootlarni zilzilabardoşligini va mustaxkamligini, turli konfiguratsiyali silindrik er osti inşootlarini turli grunt şaroitlarida özaro taʼsir parametrlarini aniqlagan va Toşkent va Sofiya metropolitenini, Baykal-Amur trunsport tunnellarini hisoblaş modellarini aniqlagan, uning işlab çiqqan bir qaor tavsiyalari seysmik xududlarda bino va inşootlar qurilişi böyiça meʼriy va boşqaruv xujjatlariga kiritilgan.