Asosiy kontentga ötiş

Sönggi yillardagi ilmiy yutuqlar

ÖzR FA M.T.Örozboev nomidagi Mexanika va inşootlar seysmik mustahkamligi institutining ohirgi yillardagi ilmiy yutuqlari


Fundamental tadqiqotlar sohasida erişilgan asosiy yutuqlar:

- T-, G- i V- körinişdagi murakkab şaklli yer osti quvurlarni yer usti qalamining yorilgan joylarida, gruntning tuzilişi va konsistentsiyasi keskin özgaruvçan çegaralarda, kuçli seysmik taʼsirlar natijasidagi öpirilişlar va oqma loylarda suvga töyingan gruntlar bilan özaro taʼsiri tadqiq qilindi;
- bimomentlik nazariyasi asosida elastik asosni hisobga olgan va olmagan holda dinamik kuç taʼsiridagi plastinalar, balkalar va qobiqlarning kuçlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini sonli hisoblaş metodikasi işlab çiqildi;
- tölqinlar nazariyasini afzalligi va aniqligini asoslaş maqsadida yer osti inşootlarining seysmik mustahkamligi masalalari hisoblangan va yer osti inşootlarining kuçlanganlik-deformatsiyalanganlik holatiga baho berilgan. Dinamik yuklamani hisobga olgan holda yer osti quvurlarini kuçlanganlik-deformatsiyalanganlik holatining aniqligi asoslab berildi;
- qalin anizotrop oboloçkalar (qobiqlar) va plastinalarning bimomentlik nazariyasi işlab çiqildi;
- turli grunt şaroitlarida joylaşgan seysmik yuklamalardagi turli konfiguratsiyali va turli materialli yer osti quvurlarini dinamikasi tadqiq qilindi va hisoblaş metodikasi işlab çiqildi;
- grunt massivi va seysmik yuklamadagi tölqin jarayonlariga qarab gruntli inşootlarning (töğon, qiyalik, karьer bortlari) kuçlanganlik-deformatsiyalanganlik holati tadqiq qilindi va ularning turğunligiga, seysmik mustahkamligiga baholandi;
- fazoviy hisoblaş modeli, çekli elementlar uçuli (ÇEU) böyiça hisoblaş dasturi işlab çiqildi va turli intensivlikdagi seysmik taʼsirlarda tebranişdagi dinamik söndiruvçili binoning seysmik mustahkamligi baholandi;
- gidrotexnik inşootlarni loyihalaş, quriş va ekspluatatsiya qiliş jarayonida obʼekt joylaşgan joyning seysmik şaroitini hisobga olgan holda respublika va xalqaro meʼyoriy xujjatlarga muvofiq seysmik havfsizligini taʼminlovçi metodologiya işlab çiqildi;
- tişli-riçagli planetar va differentsial tipdagi valik oraliği uzatiş mexanizmini sintez qiliş usuli işlab çiqildi.

Amaliy tadqiqotlar sohasida erşilgan asosiy yutuqlar:

- tuz tuplangan joylarda sement qatlamining yemirilişi va kömilgan quvurlarni paçoqlanişi sabablari örganildi, şu joylardan ötiş uçun skvajinalarni mahkamlaş texnologiyasi işlab çiqildi;
- AutoCAD dasturi yordamida sanoat makro-inertsion çangyutgiçining texnik xujjatlari şakllantirildi va dedatlaştiriş çizmalari işlab çiqildi;
- takomillaşgan marazdan qoçirma qurilmada modelli eksperimental tadqiqotlarni ötkaziş metodikasi işlab çiqildi va statik va dinamik yuklamalar taʼsiridagi harorat omili hisobga olgan holda, turli çuqurliklarda örnatilgan yer osti polietilin quvurlarning kuçlanganlik-deformatsiyalanganlik holati tadqiq qilindi;
- "TEXNOLOG-STAN" MÇJ va AO "Texnolog" AJ bilan birgalikda tarkibiy universal şpindelli paxta teriş apparati uçun konstruktorlik xujjatlari tayyorlandi. Ventilyator uzatmalarining, paxta teriş apparatining va dalaning yon tomonidan körinişini avtomatik nusxa oliş sistemasi optimallaşgan parametrlari yagona gidrosistema kabi aniqlandi va amaliyotda qöllaş uçun tavsiyalar tayyorlandi.
- otib beruvçi baraban va çigit ajratuvçi qurilmali arrali jin uzatmasi işlab çiqildi. Arralaroro qistirmalar va arrali djin qistirmalarini mahkamlovçi val tayyorlandi.
- könyarim mahsulotiga mexanik işlov beriş uçun yangi konstruktsiyali resurstejamkor qurilmaning va valikli texnologik maşinalar mexanizmlarining maket nusxalari tayyorlandi va hisoblaş va loyihalaş böyiça tavsiyalar işlab çiqildi;
- töğri va egri çiziqli harakatda özgaruvçan bazali va izli traktorning dinamik turğunligi va buriluvçanligi baholandi. Klirensni özgarişini 4-ğildirakli traktorning ötişiga va harakatning tekisligiga taʼsiri baholandi, boşqariluvçi klirensli traktor harakati turğunligini baholaş mezonlarini aniqlaş tavsiyalari işlab çiqildi;
- KMK 2.01.03-96 "Seysmik xududlarda quriliş"ning IV bölimi yer osti inşootlari va muhandislik tarmoqlarining hisoblaş usullari aktuallaştirildi hamda işlab çiqilgan taklif va tavsiyalar loyihalaş uçun Quriliş vazirligiga taqdim etildi;
- gruntli töğonlarning kuçlanganlik-deformatsiyalanganlik holati sonli usullar bilan va gruntli inşootlar qiyaliklarining turğunligi meʼyoriy usullar yordamida aniqlandi. Yaratilgan EHM dasturi asosida qöyilgan masalalar yeçildi, seymik taʼsirdagi gruntli töğonlarning kuçlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini aniqlaş böyiça bir qator hisoblaşlar ötkazildi.
- vibratsiyali stolning tebranişlarini köçişini registratsiya qiluvçi datçiklar işlab çiqildi, tenzmetrik kuçaytirgiç va ATsP plata tayyorlandi;
- Oxangaron rayionidagi Şavazsoy karьeridagi portlaşda seysmik portlaş natijasidagi tölqinlarning binoga va uning gruntli asosiga taʼsirini baholaş böyiça mobilь muxandislik-seysmometrik stantsiyasi dala şaroitida sinovdan ötkazildi;
- seysmik taʼsirdagi qatlamli elastomer asosli binoning fazoviy modeli işlab çiqildi. Konstruktsiya elementlarini özaro taʼsiri, deformatsiya turlari va konstruktiv xususiyatlarini hisobga olgan holda plastinalarning bimomentlik nazariyasini qöllaş asosida törtburçak (korobka) konstruktsiyali bino modeli takomillaştirildi;
- dinamik taʼsirdagi fazoviy korobka konstruktsiyali binoning va karkasli binoning kuçlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hisoblovçi metodika, algoritm va dastur işlab çiqildi;
- aylaniş markazi yoysimon xarakatlanuvçan yangi differentsial mexanizmning amaldagi maketi tayyorlandi va nazariy olingan natijalarni tekşiriş böyiça eksperimental tadqiqotlar ötkazildi;
- sanoat makro-inertsion çangyutgiçi işlab çiqildi;
- tuzli va loyqa çökmalarni ötkazadigan skvajinalarni mahkamlaş texnologiyasi, quvurlarni egilişi böyiça qurilma işlab çiqildi;
- laboratoriya statik xavo-markazdan qoçirma klassifikator tayyorlandi.

Innovatsiya tadqiqotlari böyiça erişilgan asosiy natijalar:

- yöl inşootlarini kötariş imkoniyatlarini oşiruvçi yangi texnologiya "Avtoyulloyixa" AJda joriy qilindi va meʼyoriy xujjatlar tayyorlandi;
- KNK-270 tik-nişab konveyerni mustahkam işlaşini taʼminlovçi tadqiqotlar ötkazildi va Muruntau karьerida kon işlarini olib borişda mumkin bölgan kritik holatlar oldi olindi;
- arrali jinning yuqori aniqlikli va işonçli terimli, köp marta işlatiş mumkin bölgan kolosniki joriy qilindi;
- gruntli töğonlar va boşqa muhim gidrotexnik inşoot (GTI)lar uçun seysmik havfni kamaytiradigan metodika işlab çiqildi. GTIni texnik holatini işonçliligini, bexavotir ekspluatatsiya qilişni taʼminlovçi harakatlar tahlil qilindi va tanlandi;
- paxtani quritiş, tozalaş, jinlaş, şuningdek tolani tozalaşda energiya sarfini boşqariş va kamaytiriş texnologik jarayonlarini sxemasi işlab çiqildi;
- arrali jin va tola tozalovçi texnologik maşinalarni boşqarişni atomatlaştirilgan sistemasi yaratildi;
- şahar qurilişi meʼyorlari ŞNK 2.01.20-16 "Seysmik rayonlarda transport inşootlarini quriş" va ularni joriy qiliş böyiça takliflar tayyorlandi.