DEFORMATSIYALANUVÇAN QATTIQ JISM MEXANIKASI, SEYSMODINAMIKA HAMDA BINO VA INŞOOTLAR KONSTRUKTSIYALARINING MUSTAHKAMLIGI
1943-1954 yy. akademiklar M.T. Örozboev va X.А. Raxmatulinlar raxbarligida elastiklik va plastiklik nazariyasi, nazariy va amaliy mexanika, oğirlikka ega bölgan deformatsiyalanadigan iplarning mexanik asoslari, muhitlarda tölqinlarni tarqalişi, tebraniş nazariyasi va sterjen, plastina, qobiqlarni dinamik mustahkamlikka hisoblaş metodlarining asosiy munosabatlari işlab çiqildi.
Akademik M.T. Örozboev rahbarligida Çotqol (1946 y.) va Aşxobod (1948 y.) zilzilalarining oqibatlari tahlil qilingan va toşli inşootlarga seysmik taʼsir TU-58-48 meʼyoriy xujjat (standartlar) böyiça aniqlanadigan yuklamaga nisbatan bir neça barobar kattaligi aniqlangan. Uşbu holat seysmik taʼsirlarni aniqlaş böyiça qabul qilingan usullarni sezilarli darajada qayta körib çiqiş zarurligiga olib keldi va seysmik yuklamalarga tuzatiş koeffitsenti taklif qilindi. Zilzilalarning oqibatlari Örta Osiy hududini seysmik rayonlaştiriş böyiça tavsiyalarni işlab çiqişda, maxalliy materiallarni zilzilabardoş qurilişda qöllaşda, şuningdek TU-58-48 muhim meʼyoriy xujjatni tuziş va aniqlik kiritişda keng qöllanildi.
1954-1966 yillarda akademiklar V.K. Kabulov va T.Ş. Şirinkulovlar rahbarligida çiziqli va çiziqsiz qöyilgan, doimiy va özgaruvçan kesimli elastik va elastik-plastik sterjen, plita va qobiqlarni tebraniş nazariyasi, konstruktsiya elementlarini mustahkamligi, çiziqsiz oquvçanligini hisobga olgan holda gruntni deformatsiyalaniş qonuniyatlari, tutaş muhitlarda algoritmlaş sohasida tadqiqotlar olib borildi.
Akademik M.T. Örozboev va prof. V.T. Rasskazovskiylar rahbarligida egiluvçan va qattiq binolarga diskret va taqsimlangan sxemali impulьsli yuklamalarni taʼsiri tadqiq qilingan. Seysmik yuklamalarni aniqlaş va baxolaş usullari, turli konstruktiv yeçimli binolarning hisoblaş modellari, plastina tipidagi töğonlarning seysmik taʼsirlarga hisoblaş usullari taklif qilindi, bu esa zilzilabardoş bino va inşootlarni quriş va loyihalaş böyiça talablarni aniqlaşga imkon berdi.
1966 yil 26 apreldagi Toşkentdagi vayron qiluvçi zilzila zilzilabardoş bino va inşootlarni fundamental nazariyasi va amaliy tadqiqotlarini rivojlantirişga turtki berdi. 1966 yildan 1970 yillargaça akademik M.T. Örozboev rahbarligida epitsentral zonalardagi binolarga seysmik taʼsir tahlil qilindi, zilzilaning intensivligi va makroseysmik taʼsir böyiça seysmik zona çegaralari aniqlandi. Özbekiston territoriyasining asosiy qismini töqqiz ballik zonaga ötkaziş, ommaviy qurilişdagi mavjud turdagi loyihalarni seysmik ballik şkalasiga qöşimça qilib töqqiz ballik zonalar şaroitiga moslaştiriş masalasi hal qilingan. Töqqiz ballik zonalar uçun dinamik koeffitsentlarning regional grafigi tuzilgan, seysmik tezlaniş spektori tadqiq qilingan, zilzilaning dinamik xarakteristikalari örganilgan. Şikastlangan binolarni tiklaş va yangilarini loyihalaş böyiça amaliy tavsiyalar işlab çiqilgan. Boşqa taşkilotlar bilan xamkorlikda SNiP II-А.12-69 tuzilgan, bunda zilzila taʼsirini hisobga olgan holda inşootlar seysmik mustahkamligi böyiça tadqiqotlar natijalari hisobga olingan. Zilzila vaqtida bino va inşootlarning xatti-harakati böyiça aniq maʼlumotlarni töplaş uçun injener-seysmometrik xizmatini taşkil etiş böyiça işlar boşlandi. Binolarni tiklaşda foydalaniladigan konstruktsiyalarning laboratoriya va tabiiy şaroitda tadqiqotlari olib borildi. Eksperimental-nazariy usulda «struktur» tipidagi bino va inşootlarning, GRESning boş korpuslarining, rama konstruktsiyali baland binolarning tutib turuvçi imkoniyatlari va dinamik xarakteristikalari aniqlangan. Bu tadqiqotlarning maʼlum etaplari V.T. Rasskazovskiy, T.R. Raşidov, K.S. Abduraşidovlarning «Posledstviya Taşkentskogo zemletryaseniya» («Toşkent zilzilasining oqibatlari» (Taşkent: Fan, 1967). nomli monografiyada aks ettirilgan.
1960 yillar ohirida olimlar va mutaxassilar murakkab gruntli, yuqori seysmik hudud şaroitida Toşkent metropolitenini loyihalaş va quriş masalasiga duç kelişdi. «Taşmetroproekt» instituti bilan birgalikda muxandislik-geologik qidiruv işlari, nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalari böyiça metropoliten trassasi yönalişini, oçiq va yopiq usulda işlaganda inşootning joylaşiş çuqurligini, deformatsion çoklar orasidagi masofani ularning geometrik ölçamlari va grunt şaroitiga boğliq xolda tanlaş kabi muhim muammolar yeçilgan. Metro qurilişi amaliyotida birinçi marta yiğma temirbeton elementlardan iborat dumaloq tonnel va oçiq va yopiq usulda işlaş uçun töğri törtburçakli yaxlit sektsiyali qoplamalar, yirik bloklardan iborat kolonna tipidagi metropoliten stantsiyalari va bir gumbazli metropoliten stantsiyalarining seysmik mustahkam konstruktsiyalari işlab çiqildi va joriy qilindi. Akademik T.R. Raşidov va prof.А.А. Işanxodjaevlar rahbarligida işlab çiqilgan yuza va çuqur joylaşgan tonnellarni seysmik mustahkamlikka hisoblaş metodikasi va nizomi Toşkent va Safiya metropolitenini, şuningdek BAM tonnellarini loyihalaşda va qurişda keng qöllanildi.
Mexanika va hisoblaş texnikasi yutuqlarini tebraniş va konstruktsiya elementlari mustahkamligi nazariyasida, gruntlar dinamikasi va bino va inşootlar seysmik mustahkamligi masalalarida keng qöllaş orqali bu ikki jihatlar 1970-1982 yillarda fundamental va amaliy tadqiqotlar rivoji köllamini va jadalligini sezilarli darajada kengaytirdi. Grunt şaklining çiziqli va çiziqsiz oquvçanligini, bir jinsli bölmagan yaxlit asosdagi balkali va dumaloq plita va romlarni egilişini, reologik xususiyatlarini va muhit bilan özaro taʼsirini hisobga olgan holda plita va qobiqlarni tebranişini, elastik va yopişqoq elastik muhitlarni nostatsionar tebranişini hisobga olgan holda konsolidatsiya nazariyasida yangi yönaliş işlab çiqilgan, gruntlar dinamikasining ikki ölçamli masalalari yeçilgan. Deformatsiyalanuvçan jismlarning fizik va geometrik parametrlariga, tölqinlarni turli muhitlarda tarqalişiga boğliq xolda çiziqsiz tebranişlari tadqiq qilingan,tösiqli tölqinlarning difraktsiya masalasi yeçilgan.
Oğirlik funktsiyasi yordamida inşootlarning seysmik taʼsirlarga reaktsiyasini aniqlovçi, seysmik taʼsirlarni aniqlaşning fizik usullari, tuproqli inşootlarning mustahkamligi usullari işlab çiqilgan. Nostatsionar mulьtiplikativ seysmik jarayon modeli, özaro-korrelyatsion funktsiya va seysmik tezlanişni taşkil qiluvçilarining spektral ziçligi tuzildi. Turli konstruktiv yeçimli binolarning seysmik mustahkamligi fazoviy işlarni va dinamik taʼsir natijasida ularning elementlarini özaro taʼsirini hisobga olgan holda eksperimental-nazariy usulda tadqiq qilingan. Konstruktsiya elementlarini deformatsiyalanişi qonuniyatlari aniqlangan va binolarni seysmik taʼsirlarga hisoblaş uçun körsatmalar işlab çiqilgan.
Töğonlarni suv bilan özaro taʼsiri masalalari seysmik taʼsirdagi yagona mexanik tizim sifatida tadqiq qilingan. Betonli töğonlarni dinamik hisoblaş uçun inşoot işlaşida fazoviy xarakteriga taʼsirini, asosning, inşoot materialining va suv muhitining fizik-mexanik xususiyatlarini hisobga olgan holda hisoblaş sxemalari tanlangan va aniqlaştirilgan, usul va dasturlari işlab çiqilgan. Professorlar R.X. Muxiddinova va M.M. Mirsaidovlar işlarida gidrotexnik va energetik inşootlarni seysmodinamikaga hisoblaş metodikasi rivojlantirilgan, gruntli töğonlarning kuçlanganlik-deformatsiyalanganlik holati va yer osti gidrotexnik inşootlari atrofidagi birjinslimas joylarning mustahkamlik xususiyatlari tadqiq qilingan. Seysmik taʼsirning nostatsionarligini hisobga olgan holda betonli gravitatsion va yirik kontrfors töğonlarni hisoblaş böyiça metodika va qöllanma yaratilgan. Inşootlarning seysmik mustahkamligi haqida tölqinlar masalasi yeçilgan, içki dissipatiya va energiyani tölqinli yöqolişini hisobga olgan holda tekis va fazoviy sistemalar dinamikasi tadqiq qilingan. Sesmopoyaslarni hisobga olgan holda gruntli töğonlarning kuçlanganlik-deformatsiyalanganlik holati örganildi, gruntli töğonlarning dinamik xarakteristikalari va seysmik tezlanişlarining qiymatlari aniqlandi.
Yer osti inşootlarining grunt bilan özaro taʼsiri katta ahamiyatga ega bölgan nazariy işlar qatoriga kiradi. Yer osti inşootlari dinamikasi muammolari birinçi marta akademik T.R. Raşidov rahbarligida 1950 yillar ohirida tadqiq qilana boşlandi. Kuçli zilzilalar oqibatlari çuqur tahlil qilindi va yetkazilgan zararning asosiy turlari örganildi, joylaşiş çuqurligini, grunt şaroitilarini, geometrik ölçamlarini, ulaş turlari va quriliş sifatini turli vazifalarga möljallangan yer osti quvurlarining seysmik mustahkamligi taʼsiri aniqlangan. Bular natijasida yer osti quvurlarining seysmik mustahkamligining dinamik nazariyasi yaratilgan, bunda birinçi marta seysmik tölqinlar tarqalişida «quvur - grunt» tizimining nisbiy siljişi hisobga olingan.
Professor G.X. Xojmetov rahbarligida laboratoriya va tabiiy-dala şaroitidagi eksperimental tadqiqotlar asosida birinçi marta yer osti inşootlarini grunt bilan özaro taʼsirining tabiati örnatilgan, elastik-qayşqoq plastik xususiyatga ega bölgan quvurning özaro taʼsirining reologik modeli işlab çiqilgan. Sobiq ittifoq FAsining muxbir aʼzosi А.А. Ilьyuşin va ÖzR FA akademigi T.R. Raşidov raxbarligida statsionar tölqinlarni yer osti quvuri öqi böylab tarqalişini örganişda şartli ravişda «tovuş tölqinigaça» va «undan yuqori tovuşli» deb nomlangan tölqinlarni ikki xil rejimda tarqalişi mavjudligi aniqlandi. Bu effekt yer osti inşootining kuçlanganlik holati tasavvurini sezilarli özgartirdi va kuçli zilzila vaqtida yer osti inşootlarini şikastlaniş va buziliş sabablariga oid köpgina savollarga javob beriş imkoniyatini berdi. Özaro taʼsirning qayişqoq elastik va elastik-plastiklik xususiyatlarini, quvur materiallarini, quvur tizimidagi tutaşiş tugunlarini, murakkab tugunlarda quvurlarni markaziy bölmagan va ortogonal tutaşişni va h.k. hisobga olgan holda yer osti quvurlarining seysmodinamikasi böyiça bir qator masalalar yeçildi.
Keyinçalik Ya.N. Muborakov rahbarligida yer osti inşootlarining seysmodinamik nazariyasi qobiq tipidagi yer osti fazoviy konstruktsiyalarining kuçlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini tadqiq qiliş orqali rivojlantirildi. Yopiq va oçiq profildagi yer osti silindrik va sferik inşootlarni dinamik hisoblaş usullari işlab çiqilgan, töğri törtburçak va dumaloq şakldagi tonnellaarning, kolonna va bir gumbazli metropoliten stantsiyalarining seysmik taʼsirlarda tebranişi tadqiq qilingan. Toşkent metropolitening qurilgan qismida tabiiy şaroitda eksperimental tadqiqotlar ötkazilgan, inşootlarni metropoliten poezdlari ötişi natijasida hosil böladigan titraşlardan himoya qiliş böyiça tavsiyalar işlab çiqilgan. Yer osti fazoviy inşootlarini ularning konstruktiv xususiyatlarini, grunt bilan qayşqoq elastik va elastik-plastik özaro taʼsirini hisobga olgan holda seysmik tölqinlar taʼsiri ostida tebranişiga oid bir qator masalalar yeçilgan. Dala şaroitida seysmoportlaş usuli bilan yer osti inşootini grunt bilan özaro taʼsiri xarakteri örganilgan. Uçta özaro-prependikulyar yönalişlarda yer osti inşootlarining grunt bilan özaro taʼsiri parametrlari va seysmik yuklamalar aniqlangan. Yer osti inşootlarini kuçlanganlik-deformatsiyalanganlik holatlarini tadqiq qilişda seysmodinamika nazariyasi va tölqinlar dinamikasini qöllaş sohasi aniqlandi.
1983-1991 yillarda seysmik taʼsirlarning tölqinli xarakterini hisobga oliş, tölqinlarni qayişqoq elastik va qayişqoq plastik muhitlarda tarqalişi, turli şakllardagi tösiqlarda tölqinlarni difraktsiyasi rivojlantirildi. Professor K.S. Sultanov işlarida qattiq boğlanişda özaro taʼsir modellari, yuklma şartlari va muhit xususiyatlarini hisobga olgan holda yer osti inşootlarini gruntda işqalanişni va erkin siljişni hosil bölişi tadqiq qilingan. Elastik va gidroelastik sistemalar dinamikasi sohasida gruntli asoslarni seysmoizolyatsiya sistemasi bilan jixozlangan inşootlar bilan özaro taʼsiri, inşootlarni himoyalovçi taqsimlangan parametrli qayişqoq elastik titraşlarni söndiruvçilar tadqiq qilingan. T.f.n. U.Ş. Şamsiev rahbarligida lokal birlaştirilgan massali korobka tipidagi inşootlarning seysmik mustahkamligini baholaş ötkazilgan, qattiq yadroli fazoviy sistemalarni hisoblaşning seysmodinamik usullari işlab çiqilgan. Elastik va elastik-plastik gruntli zaminda joylaşgan biriktirilgan massali, dempfer qurilmasi mavjud bölgan, qattiq ustunli baland inşootlarning tebraniş masalalari körilgan. Suyuqlik bilan özaro taʼsirdagi qayişqoq-elastik qobiqli konstruktsiyalarni mustahkamligi va turğunligi, töldirgiçli köp qatlamli plastinalar, moslaşuvçanlik kiritilgan dumaloq plastinalar tadqiq qilingan. Professor K.Ş. Babamuratov rahbarligida murakkab kuçlanişlarda plastiklikning turli nazariyalari böyiça jismlarning plastik deformatsiyalaniş jarayonlari tahlili uçun SN-EVM metodi qöllanilgan va rivojlantirilgan, deformatsiya jarayonlarini siniq traektoriya körinişida ifodalaş uçun baʼzi plastiklik nazariyalarini qöllaniş sohalari aniqlangan. Murakkab yuklanişlardagi plastiklik masalalari va elastiklikning uç ölçovli masalalari uçun çegaraviy elementlar usuli rivojlantirilgan.
1992-2002 yillarda determinatsiyalangan, extimolli va tölqinli metodlar rivojlantirilgan va grunt bilan özaro taʼsirning qayişqoq-elastik-plastik xususiyatlarini hisobga olgan holda elastik va elastik bölmagan tölqinlar taʼsiridagi yer osti inşootlarining seysmik mustahkamligi tadqiqi qilingan. Taşqi işqalanişli qayişqoq elastik sterjenda tölqinlarni tarqalişi masalalari, inşootni grunt bilan özaro taʼsiri masalalarida silindrik elastik-plastik tölqinlarni tarqalişi, dinamik taʼsirdagi yer osti quvurlarini grunt bilan özaro taʼsirining nostatsionar masalalari, difratsiya kuçlarini hisobga olgan holdagi murakkab tugunlardagi seysmodinamika masalalari yeçilgan. Yer osti quvurlari tizimining grunt bilan özaro taʼsirining çiziqsiz xarakteri, yer osti quvurlari diametrining grunt bilan özaro taʼsiri qonuniyatlariga taʼsiri örganilgan va yer osti inşootlari uçun dinamik koeffitsentlar aniqlangan. Tadqiqot natijalari 1996 yilda ÖzR Davarxitektqurilişqöm tomonidan çiqarilgan seysmik mustahkam quriliş normativ xujjatiga kiritilgan.
Turli körinişdagi taşqi işqalanişli silindrik jismda deformatsiyalanuvçi tösiqni öz içiga olgan qayişqoq-elastik yarim fazoda tölqinlarni tarqalişi masalalari yeçilgan. Turli konfiguratsiyali tösiqlarda yassi elastik tölqinlarning nostatsionar difraktsiyasi, atrof muhit bilan özaro taʼsirdagi slindrik konstruktsiyani tovuş tölqinigaça atrofi, uzun yer osti inşootlarining grunt bilan nostatsionar özaro taʼsiri örganilgan. Parallel tonelli yassi tölqinlarning özaro taʼsiri, metropoliten poezdi xarakatidan hosil bölgan tölqinlarni tarqalişi gruntni elastik-qayişqoq-plastiklik xususiyatini hisobga olgan holda tadqiq qilingan. Silindrik yer osti inşootlarining va yuza va çuqur joylaşgan metropolitenning tonelli konstruktsiyalarini hisoblaşni seysmodinamik metodlari rivojlantirilgan. Parallel tonellar orasidagi optimal masofa, tonnel çiziğidan binogaça mumkin bölgan masofa, dumolok tonnel qoplamasining yiğma elementlari bilan ulaniş nuqtalarining qattiqlik koeffitsenti aniqlangan.
Çiziqsiz asosli köp qavatli binolarning tebranişlari örganilgan, fazoviy diskret va plastinka-balkali model asosida dinamik taʼsirdagi bino va inşootlarning tadqiq qiliş usullari yaratilgan. Qatlamli elostomer asosda yuqori darajali seysmik mustahkam bino va inşootlarni quriş texnologiyasi böyiça printsipial yangi konstruktiv yeçim işlab çiqilgan. Qatlamli elostomer asoslar zilzila vaqtida seysmik yuklamalar taʼsiri intensivligini 2 marta kamaytirişi örnatilgan. Akselogrammalar alьbomi yaratilgan va haqiqiy zilzilalar yozuvlari böyiça binoning dinamik parametrlari aniqlangan. Normativ yuklamalar uçun grunt şaroiti taʼsirini hisobga oladigan tuzatiş koeffitsientlari taklif qilingan. Olingan natijalar 1997 yilda seysmik mustahkam quriliş böyiça normativ xujjatlarga kiritilgan.
Plastiklik funktsionallari jism materiali naʼmunalari yuklatilganda SN-EVM metodi bilan tadqiq qilingan va siniq traektoriya va örtaça egrilik körinişidagi yuklamalar sinfi uçun metallarning sodda plastiklik nazariyasini işonçlilik sohasi aniqlaştirilgan.
2003-2012 yillarda statik va dinamik yuklamalar taʼsirida qalin anizotrop plastinalarning ikki ölçovli nazariyasi tuzilgan. Materialning anizotrop xususiyatlarini hisobga olgan holda burilişning bimomentlik nazariyasi va qalin plastina va qobiqlarning asosiy özaro munosabatlari olingan. Aylanma slindrik tösiqlar bilan özaro taʼsirdagi yassi tölqinlarning fazoviy çegaraviy masalalarini gruntli muhitning anizotropliligini va köp komponentaligini hisobga olgan holda yeçiş metodikasi işlab çiqilgan.
Murakkab yuklamalarning fazoviy jarayonlari uçun klassik plastiklik nazariyasining fizik işonçliligi va yassi jarayonlar va qayişqoq-plastik jismlar uçun hlatning fizik tenglamalari tadqiq qilingan. Mustahkam bölmagan qattiq sifatli muhtlarni oqimida strukturani tiksotrop zararlanişi va tiklanişi qonuniyatlari aniqlangan. Yiğilgan plastiklik deformatsiyani hisobga olgan holda transport inşootlarini hisoblaş, çiziqsiz qöyilgan masalalarda yoriq jismlarni kuçlanganlik-defomatsiyalanganlik holati tahlilini dasturlari yaratilgan. Yoriq jinsli qiyaliklarni mustahkamligini aniqlaş metodikasi «Uzbekiston temir yullari» DATK amaliyotga tadbiq qilingan.
Dinamik taʼsir ostidagi deformatsiyalanuvçan qattiq jismlar bilan kontaktda böladigan gruntlar deformatsiyasi va yemirilişi nazariyasi rivojlantirilgan. Dinamik taʼsirdagi uzun inşootlarning xarakatlaniş parametrlari «grunt-inşoot» tizimida tölqin jarayonlarini hisobga olgan holda aniqlangan. Yer osti inşootlarining seysmodinamik nazariyasi rivojlantirilgan va gruntning strukturasi va konsistentsiyasini, materialini va kontaktga kiruvçi jism yuzasining holatini hisobga oladigan qattiq jismlarni grunt bilan özaro taʼsirining reologik modellari işlab çiqilgan. Yer osti hayotni taʼminlovçi tizimlariga seysmik taʼsirlarni differentsial baholaş olib borilgan, yer osti inşootlarining şikastlaniş kriteriylari umumlaştirilgan va turli nazariya va yondoşişlarni qöllaniş çegarasi aniqlangan.
«Grunt&ndaş;fundament&ndaş;bino» tizimining deformatsiyalanişi qonuniyatlari siqilişning nostatsionar yassi elastik tölqini taʼsiri ostida tadqiq qilingan. Bino va inşootlarning mörtligini, yirik şaharlarda röy beradigan kuçli zilzilalar oqibatida mumkin bölgan zarar va yöqotişlarni baholaş metodikasi işlab çiqilgan (Toşkent, Samarqand, Namangan va Xiva misolida).
Töğonlarning kuçlanganlik-deformatsiyalanganlik holati asosiy yuklamalarda va yuklamalarning ayrim kombinatsiyalarida gruntning elastik va elastik-plastiklik xususiyatlarini hisobga olgan holda tadqiq qilingan va siquvçi kuçlanişlar yoriq uzilişlar hosil bölişiga va filьtratsiyaga qarşi elementlarni va ötuvçi zonalarni uzluksizligiga olib kelişi mumkin bölgan zonalar topilgan.
Deformatsmyalanuvçan qattiq jism mexanikasi, bino va inşootlarning turğunligi va mustaxkamligi yönalişidagi köp yillik tadqiqotlar va işlanmalar rivojiga institutning yetakçi xodimlaridan Ş.R.Rizaev, Yu.R.Leyderman, N.I.Şuxgalter, X.S.Kariev, А.I.Martemьyanov, F.T.Usmanov, V.E.Popov, L.I.Babiç, X.Kasыmov, B.M.Mardonov, M.А.Axmedov, I.X.Aliev, А.K.Baxtiyarov, V.G.Fasaxov, T.K.Abdullaev, T.M.Mavlyanov, K.S.Sultanov, M.Mirsaidov, R.N.Muşeev, D.F.Rumi, А.Matkarimov, V.А.Omelьyanenko, S.Djurabekov, R.Ş.Yamin, X.S.Sagdiev, K.Dj.Salyamova, Z.R.Teşaboev, U.T.Zakirov, B.S.Kuvanov, Ş.S.Yuldaşev, M.K.Usarov, А.Xodjimetov, I.I.Safarov, S.А.Abdukadirov, B.E.Xusanov, А.T.Buriev, P.J.Matkarimov, M.K.Usarov, R.А.Abirov, R.Ş.Indiaminov, Ye.V.Rojkova va boşqalar katta xissa qöşganlar.
PAXTAÇILIK KOMPLEKSI MAŞINALARI VA MEXANIZMLARI, QIŞLOQ XÖJALIGI, YENGIL VA TRANSPORT MAŞINAŞUNOSLIGI NAZARIYASI
Özbekistonda zamonaviy maşina va mexanizmlar nazariyasi fani rivojlanişining boşlanişi ilmiy maktablarning asosçilaridan akademik M.T. Örozboev va X.А. Raxmatulin nomlari bilan boğliq. 1943-1953 yillarda paxta xom aşyosini quritiş va uning soliştirma oğirligini aniqlaş masalalari böyiça tadqiqotlar olib borilgan. Issiqlik maydoni, issiqlik uzatiş va parlaniş jarayonlari örganilgan, paxtani qavatlar quritilganda parlaniş va issiqlik almaşiniş koeffitsentlari aniqlangan.
1950 yillardan boşlab paxta teriş maşinalari apparatlarini işlab çiqiş va yaratiş jarayonlari böyiça ikkita yönalişda tadqiqotlar olib borilgan: paxta xom aşyosini çiğanoqdan xavo oqimi bilan uzb oliş va şpindelli apparatlar yordamida yiğib oliş. Oqim printsipida işlaydigan pnevmatik paxta teriş maşinasi nazariyasi işlab çiqilgan. Pnevmooqim apparatining parametrlari aniqlangan va SXNP-1 pnevmativ paxta teriş maşinasi dala şaroitida sinovdan ötkazilgan. Şpindelli maşinalarni asosiy işlaş printsiplari işlab çiqilgan, ularning öziga xos konstruktsiyalari va ANTX-1,2 vertikal-şpindelli paxta teriş maşinasi uçun moslamalar yaratilgan.
Turli maqsadlarga möljallangan maşinalarni nazariy va amaliy tadqiqotlarini kengaytiriş uçun 1961 yilda bevosita akademik X.X. Usmanxodjaev rahbarligida, hisoblaş texnikasini keng qöllaş bilan mexanizmlar, maşinalar struktursi, kinematikasi va dinamikasi böyiça fundamental tadqiqotlar olib borilgan. Mexanizmlar zvenosida öziga xos xususiyatlari va aloqalari bilan maşinalarni katta sinfini qamrab oladigan elektromexanik sistemalarni modellaştiriş metodlari işlab çiqilgan. Maşina agregatlarining matematik va elektron modellari taklif qilingan, dvigatel xarakteristikasini, kinematik juftlik elementlaridagi işqalanişni, massaning elastikligi va özgaruvçanligini hisobga olgan holda mexanizmlar va maşina agregatlari harakati masalalari örganilgan. «Universal epi-gipotsiklograf» uskunasi yaratilgan: sattelit yuzasidagi nuqtalar traektoriyasini tadqiq qiliş uçun; turli kinematik juftlik elementlari orasidagi işqalaniş, sirpaniş, tebraniş va buraliş koeffitsentlarini aniqlaş uçun.
Şpindelli terim apparatlarini, paxta teriş maşinalarini konstruktsiyalarini va işlaş printsipini tahlili işçi organning öziga xos yangi konstruktsiyasini - kötarib turuvçi sterjen körinişidagi va uning yuzasida joylaşgan vintli slindrik tişli prujinali tarkibiy şpindelьni yaratiş imkonini berdi. Maşinaning yiğiş apparatlari tarkibiy öz-özini tozalaydigan şpindellarini yaratiş böyiça maʼlum işlarni umumlaştiriş imkonini bergan yangi tipdagi umumlaştrilgan dinamik kinematik juftlik modeli taklif qilindi. Bu natijalar paxta teriş agregatlari nazariyasi sohasida yangi yönalişni yaratişga olib keldi - paxta terimi tölaligi doimiyligini tadqiq qiliş va maşinaning vaqtga nisbatan unumdorligini aniqlaş imkonini berdi. Tarkibiy şpindel tortib oluvçi elementining silindrik tişli prujinasi uçun yangi öraydigan stanok ixtiro qilingan. Prujinani issiq öraş usulini hisobga olgan holda yangi stanok va konstruktsiyani takomillaştiriş asosida «Taşselьmaş» va «Texnolog» IIÇB mutaxassilari bilan hamkorlikda ilib oluvçi elementlarni işlab çiqaruvçi liniya joriy qilindi.
Tadqiqotlar natijasida satellit nuqtalarining mutloq tezligi bilan planetar mexanizmlardagi uzatiş munosabatlari orasidagi boğliqlik örnatilgan, dumaloq bölmagan planetar mexanizmlarda uzatiş munosabatlarini aniqlaydigan, Villisning maşxur formulasini umumlaştiradigan formula olingan. Paxta teriş apparatlari şpindellari uzatmalarining satellit reversini taʼminlaş bilan konusga oid muftalarni ulaşga asoslangan yangi mexanizmi taklif qilingan. Vertikal-şpindelli apparatning friktsion-prujinali uzatmasi yaratilgan, uning asosiy parametrlari olingan va hisoblaş metodikasi işlab çiqilgan.
Institut olimlari «Soyuzmaş-xlopkovodstva» VPO bölimlari bilan birgalikda köp mehnat talab qiladigan ekinni yiğib olişni mexanizatsiyalaştiriş imkonini beradigan bir qator maşinalarni işlab çiqişdi. «Taşselьmaş» zavodi bilan xamkorlikda paxta tuplariga uç marta işlov berişni amalga oşiradigan, ikki qatorli osma eksperimental paxta teriş maşinalari - ANTX-1,8 işlab çiqilgan, tayyorlangan va sinovdan ötkazilgan. Ular davlat sinovlarida asosiy bunkerga paxta xom aşyosini teriş böyiça eng yuqori körsatkiçni körsatişdi. Olingan natijalar seriyali paxta teriş maşinalarini takomillaştirişda qöllanilgan. Paxta teriş maşinalarini yangi konstruktsiyalarini yaratiş böyiça zarur amaliy işlar bajarilgan, vertikal-şpindelli apparatlarning barabanlari, şpindellari va olib qöyiladigan moslamalrining tebranişlari tadqiq qilingan, paxta teriş maşinalari va mexanizmlarining şpindellarini sozlaş va töxtovsiz işlaşini taʼminlovçi işçi vallarini rezonans çastotalari aniqlangan. Tirkama şpindellarni yangi turlari işlab çiqilgan, jumladan qobiqsimon turi - paxta xom aşyosini teriş zonasida şpindelni özgaruvçan tezligi xarakteristikalarini taʼminlovçi va şpindel tişlarini faolligini oşirişga imkon beradigan terim apparati barabani şpindelining yangi uzatmasi işlab çiqilgan. Pastki kösaklardan paxta xom aşyosini terib olişni mexanizatsiyalaştiriş texnologik jarayonining nazariyasi işlab çiqildi va uning asosida şpindelь barabanlari poğonali joylaşgan vertikal-şpindelli paxta teriş apparati sxemasi yaratildi. Köp qatorli paxta teriş maşinalari terim apparatlari aylaniş uzellarini dinamikasi masalalari körilgan. Diametralь ventilyatorni qöllaş orqali paxta teriş maşinasining yangi pnevmotransporti yaratildi. Terim apparatining giperbolik qiya sʼyomnigi sinovdan ötkazilgan.
Respublika Xukumati qarori köra 1986 yilda institut bazasi asosida akademik А.D. Gluщenko raxbarligida Yuqori samarali paxta teriş texnikasi yaratiş böyiça mamlakat olimlarining birgalikdagi harakatlari bilan birlaştirilgan Tarmoqlararo ilmiy-texnik markaz (TITM) taşkil qilingan. Vertikal-şpindelli terim apparatlarining turli texnologik sxemalari tahlili ğöza tupiga köp marta işlov beruvçi (MOKX) terim apparatini, MX-1,8 tipidagi yarim pritsepli paxta teriş maşinasi va boşqalarni işlab çiqişga imkon bergan. Pnevmatik va mexanik podborşçik (tökilgan paxtalarni terib oluvçi maşina), yangi bevosita aniq paxta teriş apparati işlab çiqilgan. Maşina terimida işçi organlarni va kösaklarni oçiliş darajasini paxta xom aşyosining sifatiga taʼsirini aniqlaş böyiça keng masştabli tadqiqotlar olib borilgan. Paxta bölaklarini oçilgan köraklardan şpindel bilan çiqarib olişdagi dinamik xodisalar va ularni paxta tolasini şikastlanişiga taʼsiri örganilgan. Paxta teriş maşinalaridagi texnologik jarayonlarni, terim tölaligini, paxta teriş maşinasining iş sifatini paxta xom aşyosi va paxta tolasi körsatkiçlari böyiça baxolaş metodikasi işlab çiqilgan. Tarmoqlararo ilmiy texnik markaz faoliyatining natijasi 1994 yilda MX-1,8, XMM-1,8, XNP-1,8M, XS-25 tipidagi paxta teriş maşinalarini yaratilişi va işlab çiqarişga joriy qilinişi bölgan. Paxta tupiga köp marta işlov beriş apparatli MX-2,4 maşina «Taşselьmaş» IÇBda tayyorlangan va eksport qilingan.
Institut işlanmalari paxta sanoati kompleksining muhim muammolarini yeçişga imkon bergan. OVX-14, OVX-28 tipidagi purkagiçlar uzatmalarining yangi mexanizmini yaratişda qöllanilgan işçi organi uzatmasi nazariyasi yetaklovçi zveno xarakatining berilgan qonuniyati böyiça işlab çiqilgan. Valikli jinni maydalovçi piçoği mexanizmini tebranişi, tolani paxta çigitidan uzib oliş kuçi nazariy-eksperimental usullar bilan tadqiq qilingan, valikli jinlarning maydalovçi organlari uzatmalari uçun vibratsion mexanizmlar örganilgan va yaratilgan. Yuqori unumdorli köp valikli jin işlab çiqilgan. Katta massali köp tarmoqli sistemasi bölgan maşina agregatlari örganilgan. Jinning işçi organi elementlariga, texnologik qarşiliklarni va inertsiya momentlarini köp tarmoqli maşina agregatini harakat dinamikasiga taʼsir etişiga, paxta tozalagiçning rotatsion mexanizmlari özgaruvçan uzatma munosabatlariga, valikli jinlarni «baraban-piçoq» biriktirişni turli konstruktiv variantlariga taʼsir etuvçi texnologik yuklamalarning korrelatsion tahlili ötkazilgan. Tolali materialni yumşatgiç, arrali va valikli jinlarning takomillaştirilgan konstruktsiyalari işlab çiqilgan.
Yurtimiz könçilik va möynaçilik sanoati işlab çiqariş jarayonini mexanizatsiyalaştiriş va avtomatlaştiriş muammolarini yeçiş uçun 1982 yildan institutda olib borilgan tadqiqotlar ilmiy asoslangan parametrli yangi körinişdagi maşina va uskunalarni yaratişga qaratilgan. Ilmiy-texnik işlar natijalaridan ÖzR patenti bilan himoyalangan va turli tipdagi valikli texnologik maşinalarga tadbiq qilingan uzatiş mexanizmlarining butun bir sinfi işlab çiqilgan.
1987 yilda institutda akademik O.V. Lebedev rahbarligida maşina gidrouzatmalar sistemalarini konstruktsiyalaş va ekspluatatsiya işonçliligi ilmiy asoslari işlab çiqila boşlandi. Gidrouzatmalar sistemasini takomillaştiriş maqsadida ekspluatatsion xususiyatlari yaxşiroq bölgan gidravlik suyuqlik örganilgan, işçi suyuqligining moylaş xususiyatlarini baholaş va traktor gidrouzatmalariga yopişqoq moylarni qöllaş ötkazilgan. Elektrogidravlik uzatmalarning dinamik xarakteristikalari kiriş taʼsirining turli özgarişlarida, şuningdek gidrouzatmaning egiluvçan manipulyatsion organi dinamikasining öziga xos xususiyatlari tadqiq qilingan.
Gorizontal-şpindelli maşinalar terim apparatlarining texnologik jarayonlarini modellaştiriş va optimallaştiriş böyiça tadqiqotlar olib borilgan. ÖzR qişloq va suv xöjaligi vazirligiga Keys-2022 gorizontal-şpindelli paxta teriş maşinalaridan fermer xöjaliklarida samarali foydalaniş böyiça tavsiyalar topşirilgan.
Yuqori samarali paxta navlarini teriş va dastlabki qayta işlaş jarayonida maşinaning işçi organlari tomonidan dinamik şikastlanişini töplaşni umumlaştirilgan nazariyasi yaratilgan. Tolani mexanik şikastlanişini minimallaştirişda bu maşinalar işlaşining ratsional rejimlari örnatilgan. Tolali materiallarni qayta işlaş uçun maşina işçi organlarini kontakt vaqtidagi bir-biriga özaro taʼsiri nazariyasi paxta va teri misolida rivojlantirilgan. Işçi organlarining tebranişini tolani şikastlanişiga taʼsirini baholaş uçun umumlaştirilgan modellar, algoritmlar işlab çiqilgan va sonli tadqiqotlar olib borilgan, şuningdek bunday şikastlanişlarni kamaytiradigan, tolani çiqişini va çigitni sifatini oşiradigan texnik yeçimlar asoslangan.
Paxta kompleksi maşina va mexanizmlarini amaliy tadqiqotlari sohasida şpindelli paxta teriş apparatlarini loyixalaş metodlari rivojlantirilgan va fermer xöjaliklari uçun 60 va 90 sm qator oraliqli, har xil turdagi almaştiriladigan teriş apparatli, traktorga universal montaj qilinadigan paxta teriş maşinasi yaratilgan. Traktorga tirkaladigan paxta maşinasining ratsional, resurstejamkor sxemasini va vaqtni va paxta tayyorlaşning sifatli körsatkiçlarini hisobga olgan holda turli şaroitlar uçun paxtaga dastlabki işlov berişda yuqori samarali energiya va resurstejamkor maşina sistemasini işlab turişining texnologik sxemasi yaratilgan. Çuqurqazgiç işçi organining dinamik mustaxkamlikka hisoblaş metodi işlab çiqilgan, uni ratsional konstruktsiyalaş metodlari BMKB Agromaş OAJga topşirilgan. Mexanik transmissiyali mahalliy va çet el traktorlarining asosiy xususiyatlari örganilgan, uzatiş munosabatlari bilan traktor harakati qarşiliklari orasidagi boğliqlik aniqlangan. TTZ-80 turkumidagi va boşqa modifikatsiyali ğildirakli traktor gidrotizimi konstruktsiyasini takomillaştiriş böyiça tavsiyalar işlab çiqilgan.
Paxta sanoati kompleksi siklik mexanizmli maşinalar uzatmalari dinamikasini modellaştiriş, paxta xom aşyosini qayta işlaş texnologik asbob-uskunalar işlab çiqariş tizimlarini yangilarini yaratiş va mavjudlarini takomillaştiriş, pulьsatsiyalangan oqimli tolani pnevmomexanik tozalagiçni yaratiş, pulьsatorli tola kondensori maşina agregati dinamikasini örganiş ötkazilgan va kodensorni işlaş samarasini oşiriş böyiça tavsiyalar berilgan. Xam aşyo kamerasida çigit ajratiş qurilmasi bölgan tola tozalagiçning arrali silindri maşina agregatining dinamik va matematik modeli işlab çiqilgan. 5 DP-156 M tipidagi takomillaştirilgan arrali jin «Bektemir», «Karasu», «Yangiyöl», «Pskent», «Alimkent» zavodlarining texnologik jarayonlariga joriy qilingan.
«Kön yarim mahsuloti-taşuvçi konveyer &ndaş; ötiş uçastkasi &ndaş; siquvçi vallar» sistemali qurilmani yaratiş va hisoblaş metodlari işlab çiqilgan. Valikli maşina uzatiş mexanizmining işlov berilayotgan materialni xususiyatiga taʼsirini aniqlaş böyiça va valikli maşinalarni yangi uzatiş mexanizmlarini nazariy-eksperimental tadqiqotlari olib borilgan. Tolali listlangan materialning kuçlanganlik-deformatsiyalangalik holatini tadqiq qiliş matematik modeli yaratilgan va işlov berilayotgan material sifatini valikli maşinaning işçi vallari bilan kontakt zonasida özgarişi qonuniyati örnatilgan. Kön yarim mahsulotini tekislaniş koeffitsenti eksperimental aniqlangan. Işçi vallarining kinematik munosabatlarini işlov berilayotgan materialning xususiyatga taʼsiri, siqiş jarayonidagi xususiyatini özgarişi tadqiq qilingan. Valikli juftlikni dinamikasi ikki val orasidagi kön yarim mahsulot elementi massasi markazini aniqlaş bilan tadqiqi qilingan.
Resurstejamkor texnologiya va listli materialni texnologik maşinaning valikli juftligi kontakt zonasiga dastlabki uzatiş qurilmalarining yuqori samarali, raqobatbardoş sinfining ilmiy asoslari yaratilgan (könçilik sanoati misolida). Işçi mexanizmli vertikal tipidagi valikli maşinaning yangi texnologiyasi va konstruktsiyasi işlab çiqilgan: vertikal tekislikda işlov beriş zonasiga materialni uzatiş; yangi avlod uzatmasining tişli-riçagli uzatiş mexanizmlari va siqiş vallari orasidagi bosim. Kön yarim mahsulotini transpartirovka qiliş qurilmasidan valik juftligining işlov beriş zonasiga bir tekis ötişini, mexanik işlov beriş jarayonida işlov berilayotgan kön yarim mahsuloti sifatini va foydali maydonini çiqişini oşirişni taʼminlovçi kön yarim mahsulotini valik juftligining işlov beriş zonasiga transpartirovka qiliş, tekislaş va dastlabki uzatiş qurilmasi yaratilgan.
Paxta tozalaş zavodidagi texnologik jarayonlarni avtomatlaştiriş böyiça innovatsiya işlanmalari bajarilmoqda (Farğona viloyati zavodi misolida). Özçarmpoyafzal buyurtmasiga asosan institut işlanmalari asosida siquv maşinasini çuqur modernizatsiya olib borilmoqda; TTZ-80 traktori gidrotaqsimlagiçini modernizatsiyalaş işlari boşlangan.
Mexanizmlar va maşinalar mexanikasi yönalişidagi köp yillik tadqiqotlar va işlanmalar rivojiga institutning yetakçi xodimlaridan M.I.Ismailov, L.M.Rozenblyum, А.А.Karimov, G.S.Kuzibaev, R.X.Malikov, K.M.Inogamov, I.X.Fayziev, T.Yu.Amanov, K.А.Karimov, S.B.Erofeev, X.T.Turanov, X.K.Ilьyasov, А.I.Usmanov, Ş.Z.Baxtiarov, А.Idrisov, V.G.Berejnoy, R.D.Matçanov, Ye.Slivinskiy, Ş.U.Raxmatkariev, R.I.Karimov, А.JDjuraev, А.А.Rizaev, G.А.Baxadirov, G.А.Xromova, M.T.Taşbaltaev, R.R.Xudaykuliev, А.T.Yuldaşev, А.А.Şermuxamedov, G.K.Annakulova, D.M.Muxammadiev, А.T.Abdukarimov, I.K.Xujaev, Z.M.Malikov, O.S.Norkuziev, N.B.Djuraeva va boşqalar katta xissa qöşganlar.
SUYUQLIK, GAZ, KÖP FAZALI VA KÖP KOMPONENTLI MUXITLAR MEXANIKASI
1947-1957 yillardagi suyuqlik va gaz mexanikasi sohasi tadqiqotlari gidrodinamika va analitik mexanik sintezi, analitik dinamikaning uyurmali printsipi qaror topgan harakatini, yopişqoq siqilmaydigan suyuqlikning va ideal suyuqliking yassi uyurmali harakatini tadqiq qilgan ÖzR FA muxbir aʼzosi I.S. Arjanix nomi bilan boğliq.
1947 yilda akademik akademik X.А. Raxmatulin rahbarligida ötkazuvçan jismlar aerodinamikasi va paraşyut nazariyasi tadqiqotlari olib borilgan. Ikki tezlikli va ikki temperaturali modelda yupqa jismlar atrofidan oqib ötiş jism devoridaga qattiq zarraçalarning aksini, şuningdek devoroldi gaz oqimini hisobga olgan holda körib çiqilgan. Paxta xom aşyosini transportirovka qiliş vaqtida çigitlarni sinişini istisno qilişni taʼminlaydigan pnevmatik paxta teriş apparatining aerodinamik jarayonlari va pnevmatik separatori tadqiq qilingan.
1960 yillarda ÖzR FA muxbir aʼzosi J.F. Fayzullaev raxbarligida yangi yönaliş- X.А. Raxmatulinning köpfazali muhitlar gidrogazdinamikasi modeli, muhitning özaro kirib ketiş harakati va aralaşmaning kvazigomogen modeli asosida işlab çiqilgan. Trubalarda ikki va uç fazali muhitlarning statsionar va nostatsionar harakati masalalari trubalarda fazalarning doimiy va özgaruvçan ğovakliligida yeçilgan. Quvurlarni qarşiligi formulalari ularda köp fazali oqimlarni xarakatlanişida çiqarilgan, muhitlarni özaro kirib ketiş xarakati koeffitsentlari aniqlangan.
Professor J.А. Akilov rahbarligida fazalarning boşlanğiç uçastkasi uzunligi va relaksatsiya vaqtini örganiş böyiça işlar bajarilgan. Aralaşmalar harakatining gidromexanik modeli va fazalarning özaro taʼsiri koeffitsentini aniqlaş usullari taklif qilingan.
1970 yillarda texnikaning muhim masalalari bilan yaqin aloqasi bölgan çegara qatlami nazariyasi rivojlana boşladi. Çegara qatlamining matematik nazariyasi böyiça siqiluvçan va siqilmaydigan suyuliklarning statsionar va statsionar bölmagan oqimlari uçun keng tadqiqotlar olib borilgan. Magnitli işlov berişda suyuqlik va aralaşmalarning xarakati örganilgan va magnitli işlov berişni xöl yuzadan parlanişni ortişiga taʼsirining yangi effekti aniqlangan.
Professor K. Navruzov rahbarligida qon tomiridagi qon xarakatining bioximik tadqiqotlari ötkazilgan. Suyuqlik xarakatining turli masalalari devorni elastikligini, stenozni qon xarakatiga taʼsirini hisobga olgan holda körib çiqilgan. Xirurgiyada qöllaniladigan protezlarda qon harakatining gidrodinamik hisoblaşlari bajarilgan.
Yer osti suğoriş işlarida qöllaniladigan ğovak va perfolyatsiyalangan devorli trubalarda bir va ikki fazali muhitlar xarakatining gidrodinamik asoslari işlab çiqilgan. Professorlar А.I. Umarov va А.А. Şakirov raxbarligida oz miqdorda qöşilgan suvda eruvçan polimerlarni suyuqlik va aralaşmalarning harakat parametrlariga taʼsiri örganilgan. Suv hajmiga nisbatan qöşilgan 0.001% polimer qattiq zarraçalarni çökişini 3-4 marta tezlaştiradi, quvur qarşiligini 30%ga kamaytiradi, teşikdan ötişni 45%ga oşiradi. Suğoriş suvlaridan oqilona foydalanişni taʼminlaydigan hisoblaş metodlari işlab çiqilgan, namlik ötkazuvçanlik masalalari transpiratsiya va buğlanişni hisobga olgan holda yeçilgan. Özgaruvçan xarajatli oçiq oqimlarda ikki fazali muhitlarni harakati masalalari yeçilgan va yuvilib ketişi mumkin bölgan oqim zonalari örnatilgan.
M.I.Ismailov rahbarligida turli tipdagi tuproqlarni şamol qarşiligiga çidamliligi oqim böylab bosim gradienti mavjud bölganida tuzilişiga, namligiga, yuza eroziyasining xarakteriga, şuningdek ştob blan kirib kelayotgan oqimning girdobli harakatiga boğliq holda aniqlangan. Eroziyaga qarşi turli kontsentratsiyalar bilan işlov berilgan tuproq uçun puflaş va uçirib ketiş intensivligi tezligining boşlanişini aniqlaş uçun analitik ifoda örnatilgan.
Reaktsiya qiluvçi gazlarning turbulent oqimi nazariyasi sohasida tadqiqotlar olib borilgan. Professorlar F. Aliev va Z.Ş. Jumaevlar rahbarligida kimyoviy muvozanat oqim, şuningdek kimyoviy reaktsiya mavjudligidagi diffuzion yoniş jarayonida yassi va dumaloq girdobli (turbulent) oqimlarda reaktsiya qiluvçi gazlarning harakatida issiqlik modda almaşinuvi örganilgan. Yer osti va bosimli suvlarni tebranişi prognoz qiliş, gaz konlarini optimal hisoblaş böyiça bir qator muhim amaliy masalalarni yeçiş uçun matematik modellar va algoritmlar işlab çiqilgan.
1983-1991 yillarda ötkazuvçan quvurlarda ikki fazali muxitlarning nostatsionar xarakati, ikki fazali aralaşma bilan töyintirilgan ğovak muhitlar mexanikasi tadqiq qilingan. Turli relaksatsiya va retartatsiya vaqtli elastik-yopişqoq-inert deformatsiyalanuvçi tutaş muhitlarning öndan ortiq modellari işlab çiqilgan. Yopişqoq-inert deformatsiyalanuvçi muhitlarning gidrodinamik harakatini bir va ikki ölçovli masalalarini yeçiş bilan oqimning asosiy gidrodinamik parametrlarini taqsimlaniş qonuniyati örnatilgan.
Tadqiqotlarning 1992-2002 yillardagi rivoji А.I. Umarov, А.А. Şakirov, I.N. Xusanov va Z.M. Malikovlarning quvurdagi suyuqlik, köp fazali, köp komponentali aralaşmalar harakati, çegaraviy qatlamlar, ğovak muxitlar, reologiyani hisobga olgan xolda pnevmo-gidrotransport va issiqlik massa almaşinuvi masalalari yeçilgan işlarda yoritilgan. Faza va komponentalar orasidagi issiqlik-massa almaşinuvi jarayoni quvurlarda aralaşmalarni oqişida kuç va energetik özaro munosabatlarni hisobga olgan holda tadqiq qilingan. Tezliklarni, oqim bosimlarini va muhit konsentratsiyalarini oqim va quvur kesimi böylab taqsimlaniş qonuniyatlari örnatilgan va gidrotransport va yonişning samarali usullar tavsiya qilingan. Elastik-yopişqoq-inert deformatsiyalanuvçan muhitlarning reologik xususiyatlari örganilgan va aniq gidrodinamik jarayonlar uçun berilgan fiziko-mexanik va reologik parametrli aralaşmalarni oliş usullari tavsiya etilgan. Fazali-ötiş xodisalari jarayoni mexanik jarayonlarni jadallaştiriş maqsadida kimyoviy, oziq-ovqat va neftgaz sanoatiga mos holda kondensatsiyalanuvçan buğlanuvçan xodisalarda tadqiq qilingan. Aralaşmalarni transportirovka qilişning samarali usullari aniqlangan, kavitatsion jarayonlar mexanizmi, şuningdek tuproqlarni suvli şamolli eroziyasi qonuniyatlari örnatilgan.
2002-2012 yillarda quvurlarda, oçiq oqimlarda aralaşmalar harakatida, neft va gazlarni taşişda (transportirovka qilşda) köp fazali va köp komponentali muhitlarning fundamental nazariyasi rivojlantirilgan. Yopişqoq-plastik (Şvedov-Bingam modeli) va yopişqoq-inert suyuqlikni qiya tekslikdan oqib kelişi (I.Xusanov modeli) masalalari yeçilgan. Bosim impulьsining tarqalişi tadqiq qilingan. Deformatsiyalanuvçan quvurlarda turli reologik xususiyatli siqiluvçan suyuqlikni oqişida bosim impulьsini tarqalişi tadqiq qilingan. Aralaşmada havoning kontsentratsiyasiga boğliq xolda gidravlik zarbaning tarqaliş tezligi uçun hisoblaş fomulasi olingan.
Amaliy tadqiqotlarda yotqizilgan quvurlarni paçoqlanişi sabablarini aniqlovçi usullar va skvajinalarni burğilaş va ekspluatatsiya qiliş davrida yuzaga kelişi mumkin bölgan asorat va işdan çiqişlarni oldini oladigan texnologiya işlab çiqilgan. Matematik modellaştiriş, hisoblaş va tajriba orqali manbadan 2700-3000m. oraliqdagi tuz qatlamli zonada yotqizilgan quvurlarni paçoqlanişi örnatilgan. Tadqiqotlar skvajinalarni burğilaş va işlatiş vaqtida quvur kolonnalarini paçoqlaniş sabablarini aniqlaş imkonini bergan. Tuz qatlami intervalda skvajina quvurlarini paçoqlanişini oldini oladigan usul işlab çiqilgan.
Neft debitini va skvajinani fontan usuli bilan işlatiş davrini oşiruvçi gazli-suyuqlikli oqimning tuzilişini gidromexanik özgartiruvçi işlab çiqilgan. Qöşimça taşqi energiya işlatmasdan skvajinaning nasoskompresli quvurida harakatlanuvçi, qurilma orqali amalga oşiriladigan gaz-neft oqimidagi majburiy siklik gidrodinamik jarayonlar neft debetini 10-20%ga oşiradi, gaz faktorini 30%ga kamaytiradi, qatlam bosimini tejamkor işlatiş imkonini beradi, skvajinani ekspluatatsiya qilişni fontan davrni 1-2 yilga uzaytiradi. Skvajinani gorizontal burğilaşda aralaşma oqişini energotejamkor strukturasini realizatsiya qilişning gidrodinamik usuli işlab çiqilgan, skvajinaning gorizontal uçastkasida burğilangan toğ jinsi zarralarini transportirovka qilişni tadqiq qiliş uçun tajriba qurilmasi yaratilgan.
Egri çiziqli kanallarda çang oqimi dinamikasi matematik modellaştirilgan va sanoat çiqindi gazlarini tozalaş uçun yangi çang yutgiç işlab çiqilgan.
Suyuqlik, gaz, köp fazali va köp komponentali muxitlar mexanikasi sohasidadagi köp yillik tadqiqotlar rivojiga institutning yetakçi xodimlaridan K.Ş.Latipov, E.А.Bagranov, O.Norkabulov, S.Djurabekov, S.Abidov, А.Azizov, А.Abduraximov, U.Mambetov, T.Axrarov, B.Toşev, F.Buranov, Ş.Axmedov, Z.Seydametova, Ş.Alimuxamedov, X.Mirxamidova, U.Nurmatov, G.N.Tsoy, А.А.Rizaev, А.T.Yuldoşev va boşqalar katta xissa qöşganlar.