Asosiy kontentga ötiş

Ilmiy faoliyat

Institutning asosiy ilmiy yönalişlari:

- deformatsiyalanuvçan qattiq jism mexanikasi, gruntlar mexanikasi, eksperimental mexanika;
- bino va inşootlar seysmik mustahkamligi;
- suyuqlik va gaz mexanikasi;
- maşina va mexanizmlar nazariyasi, konstruktsiyalar dinamikasi va mustahkamligi.

Tadqiqotlarning maqsadi:

Deformatsiyalanuvçan qattiq jismlar mexanikasi, gruntlar mexanikasi, suyuqlik va gaz mexanikasi, eksperimental mexanika usullari, mexanizmlar va maşinalar nazariyasi, konstruktsiyalar dinamikasi va mustahkamligi, inşootlar seysmik mustahkamligi muammolari va ularning seysmik havfsizligini taʼminlovçi tavsiyalar tayyorlaş, ularni seysmik himoyalaş usullari, hayotni taʼminlovçi seysmik havfni kamaytiruvçi strategiyani işlab çiqişning ilmiy asoslarini rivojlantiriş.

Tadqiqotlarning vazifalari:

- grunt şaroitlarini, çiziqsizlik xususiyatlarini va seysmik taʼsir turlarini hisobga oluvçi er osti inşootlari seysmodinamikasi, asos va poydevorlar ilmiy asoslarini yaratiş va rivojlantiriş;
- dinamik yuklanişlardagi jismlarni, gruntli muxitlar va inşootlarni ularning konstruktiv va tuziliş hususiyatlarini hisobga olgan holda deformatsiyalaniş qonuniyatlari, mustahkamligi va seysmik mustahkamligi böyiça tadqiqotlar olib boriş;
- gidrotexnik inşootlar dinamikasi va seysmik mustahkamligi böyiça tadqiqotlar olib boriş;
- materialning konstruktiv hususiyatlarini va mexanik xossalarini hisobga olgan holda plastinalar va qobiqlar nazariyasini rivojlantiriş;
- inşootlarning kuçlanganlik-deformatsiyalanganlik holati va ularning grunt bilan özaro taʼsiri tadqiqotlari böyiça modelli va tabiiy şaroitda tajribalar ötkaziş;
- sodda va murakkab yuklanişlardagi konstruktiv materiallarni öziga xos xususiyatlarini tadqiq qiliş va aniqlaş, ularning deformatsiyalaniş qonuniyatlarini örnatiş, deformatsiyalanuvçan muhitlarni elastik-plastiklik jarayonlari nazariyasini rivojlantiriş;
- bino va inşootlar seysmik mustahkamligini taʼminlaş böyiça tavsiyalar, ularni faol himoyalaş metodlarini tayyorlaş, hayotni taʼminlovçi tizimlarni seysmik havfini kamaytiriş strategiyasini işlab çiqiş;
- suyuqlik va gaz mexanikasi, reologiya, köp fazali muhitlar va gidrouzatmalar tizimi muammolarini, ularni samarali işlaşi uçun texnik eçimlar bilan taʼminlagan holda tadqiq qiliş;
- maşinalar dinamikasi muammolarini tadqiq qiliş, resurs tejamkorlik böyiça öz faoliyatini optimallaştiriş usullarini yaratiş;
- hisoblaş usullarini yaratiş va rivojlantiriş, maşina va mexanizmlarning yangi avlodlarini yaratiş;
- neft - gaz va toğ - metallurgiya sanoatidagi zararli çiqindilarni uşlab qoliş muammolarini eçiş böyiça izlanişlar olib boriş.