Asosiy kontentga ötiş
Yangiliklar

Bugunning dolzarb mavzusi-zilzilabardoş quriliş

Bugunning dolzarb mavzusi-zilzilabardoş quriliş

Bugun Fanlar akademiyasi Mexanika va inşootlar seysmik mustahkamligi institutida “Zilzilabardoş quriliş böyiça çuqurlaştirilgan xalqaro seminar” öz işini boşladi. Seminar zilzilabardoş quriliş va muhandislik seysmologiyasi muammolarini örganişga bağişlangan bölib, uning asosiy maqsadi- zilzilabardoş quriliş va mintaqamizda seysmik faollik bilan boğliq masalalar yuzasidan tadqiqot olib borayotgan dunyoning kuçli ekspertlari va olimlari örtasida fikr almaşiş uçun tajriba maydoni yaratişdan iboratdir.

Xorijiy davlatlar ekspertlari örtasida hamkorlik aloqalarini kengaytiriş va rivojlantiriş hamda yangi ilmiy tadqiqot loyihalarini şakllantiriş, kelgusi tadqiqotlarga yöl xaritasi va tavsiyalar işlab çiqiş mazkur seminarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Uşbu tadbir mazmunli munozaralar, yangi taşabbuslarning paydo bölişiga va seysmik xavfni pasaytiriş va zilzilalarning salbiy oqibatlarini kamaytiriş böyiça innovatsion yeçimlarni işlab çiqiş uçun ajoyib imkoniyat yaratadi. Fanlar akademiyasi Mexanika va inşootlar seysmik mustahkamligi instituti va Berklidagi Kaliforniya universiteti seminarning ilmiy taşkilotçilaridir.
Seminar quyidagi tematik yönalişlarda bölib ötmoqda:

  • Zilzilabardoş quriliş (nazariya va tajriba).
  • Muhandislik seysmologiyasi va seysmik xatar.
  • Quriliş materiallarining mustahkamligi va ustuvorligi.
  • Binolar va inşootlar holatini tezkor tekşiriş va uzluksiz monitoring qiliş.

Seminarda Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari, şuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi, Amerika Qöşma Ştatlari, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasidan quriliş sohasi mutaxassislari, ilmiy xodimlar, yoş mutaxassislar iştirok etişi közda tutilmoqda. Tadbir gibrid formatda bölib – iştirokçilar oflayn va onlayn formatda iştirok etişmoqda. Seminar Jahon bankining Munis loyihasi moliyaviy kömagida ötkazilmoqda.

Öxşaş yangiliklar

Qalin anizotrop plastinalarning bimomentli nazariyasi

Физика-математика фанлари доктори (DSc) диссертацияси мавзуси Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Олий аттестация комиссиясида B2018.3.DSc/FM1...

5 Batafsil

Namlangan gruntlardajoylaşgan quvurlarning dinamik ustuvorligi

Физика-математика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси мавзуси Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Олий аттестация комиссиясида...

5 Batafsil