Asosiy kontentga ötiş
Tadbirlar

Fanlar akademiyasi birlaşgan kasaba uyuşmasiga a'zo taşkilotlar örtasida “Akademiada 2022” sport musobaqalari bölib ötdi.

Fanlar akademiyasi birlaşgan kasaba uyuşmasiga a'zo taşkilotlar örtasida “Akademiada 2022” sport musobaqalari bölib ötdi.

Joriy yilning 4-5 iyun' kuni Moliya institutining yopiq sport majmuasida minifutbol va badminton hamda 11-iyun' kuni esa botanika boğida akademkross, stol tennisi va şaxmat sport turlari böyiça Fanlar akademiyasi birlaşgan kasaba uyuşmasiga a'zo taşkilotlar örtasida “Akademiada 2022” sport musobaqalari bölib ötdi. Bu sport musobaqalarida Mexanika va inşootlar seysmik mustahkamligi instituti jamoasi barça sport turlaridan töliq tarkibda qatnaşdi. 

  

  

  

Şaxmat sport turida qatnaşgan xodimimiz Azamat Axmedov turnirda munosib qatnaşdi va barça raqiblarini yenggan holda turnirning mutloq çempioniga aylandi. A.Axmedov oldingi musobaqalarda yuqori örinlarni olib kelgan Matematika instituti, Yadro-fizika instituti va Polimerlar kimyosi institutining kuçli şaxmatçi xodimlarini yengib ulardan muhim oçkolarni tortib oldi. Qolgan şaxmatçilarni osonlik bilan mağlub etib oçkolar bilan turnir muddatidan oldin çempion böldi. Akademkross musobaqasida 55 yoşdan kattalarda qatnaşgan 77 yoşli xodimimiz Gerasim Nikolaeviç Soy musobaqada eng yoşi katta sportçi sifatida e'tirof etildi va maxsus diplom bilan taqdirlandi. 
Boşqa sport turlaridan qatnaşgan xodimlarimiz natijalari sovrinli örinlarga biroz yetmay qoldi. Oxirgi ikki yil pandemiya sababli musobaqalar ötkazilmadi. Institutimiz jamoasi yangi işga kelgan yoşlar bilan töldirildi. Bu turnir ularga sinov tariqasida böldi desak mubolağa bölmaydi. Keyingi musobaqalarga xodimlarimiz jiddiy şuğullanişadi deb öylaymiz.
Ğolib sportçi xodimimizni yana bir bor tabriklaymiz!

Öxşaş yangiliklar