Namanganda yirik Xalqaro Forum öz işini boşladi
Namangan şahrida Özbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi, Namangan muhandislik-quriliş instituti va Namangan davlat universiteti hamkorlikda “Farğona vodiysida fizika ilm-fanining bugungi kuni va yangi yönalişlarini rivojlantiriş istiqbollari” muhokamasiga bağişlangan “Fizika - 2022” ikkinçi Xalqaro Forumi öz işini boşladi.

Uşbu forumda respublikamiz hamda xorijiy davlatlarning akademiklar, professorlar, fizika fani böyiça ilmiy tadqiqot işlarini olib borayotgan 200 dan ortiq ilm-fan namoyondalari iştirok etişmoqda.

Forum doirasidagi asosiy tadbirlarda “Farğona vodiysida fizika ilm fanining bugungi kuni va yangi yönalişlarini rivojlantiriş istiqbollari” faol muhokama qilinib, olib borilayotgan ilmiy tadqiqod işlarining samaralari, taklif etilayotgan loyihalarning mazmun-moxiyatiga ilm-fan vakillarining eʼtiborini qaratiş orqali mavjud muammolarga ilmiy tomondan yeçim topiş maqsad qilingan.