Asosiy kontentga ötiş
Yangiliklar

Quriliş sohasi rivojidagi zamonaviy yeçimlar

Quriliş sohasi rivojidagi zamonaviy yeçimlar

Mexanika va inşootlarning seysmik mustahkamligi instituti “Bino va inşootlarni modellaştiriş va pasportlaştiriş” laboratoriyasi oxirgi yillarda“Turli yoriqlar va töplangan şikastlanişlarga ega bölgan quriliş materiallar mustahkamligi va yoriqlar rivojlanişining xususiyatlarini tadqiq etiş” mavzusida ilmiy izlanişlar olib bormoqda.

Inşootlardan köp yillik foydalaniş jarayonida murakkab kuçlanişlar, iqlim yoki zilzilalar natijasida quriliş konstruktsiyalari elementlarida töplangan şikastlanişlar, kuçlaniş konsentratorlarining oşib borişi turli xarakterdagi yoriqlarning şakllanişiga olib keladi.

Ilmiy izlanişlardan quyidagi natijalar olindi:

Temirbeton konstruktsiyalarni mustahkamlaşda zamonaviy yondaşuvlar samaradorligi tasdiqlandi.

Sönggi yillarda quriliş amaliyotida temirbeton konstruktsiyalarning mustahkamligi va işonçliligini oşiriş masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Şu maqsadda olib borilgan kompleks ilmiy tadqiqotlar natijasida bir qator muhim ilmiy va amaliy xulosalar olindi.

Tadqiqotlar davomida temirbeton tösin-devorlarni sonli hisoblaş şuni körsatdiki, çözuvçi kuçlanişlarni kamaytiriş uçun konstruktsiyani vertikal sterjenlar bilan qöşimça mustahkamlaş va ularni tösinlar ulangan burçaklardagi böylama armaturalar bilan boğlaş samarali yeçim hisoblanadi.

Köndalang kesimi doiraviy bölgan sterjenlarni çöziş masalasini tahlil qiliş jarayonida turli xil yoriqlarning kuçlaniş intensivligi koeffitsientiga taʼsiri örganildi. Aniqlanişiça, böylama yoriq mavjud bölgan holatda kuçlaniş intensivligi köndalang yoriqlarga nisbatan 10 foizgaça yuqori bölar ekan.

Şuningdek, termoplastiklik masalasini yeçişda olingan sonli natijalar deformatsiya nazariyasi va plastik oqiş nazariyalarini birgalikda qöllaş yuqori samara berişiga işonçli dalil böldi. Çekli ayirmalar usuliga asoslangan hisoblaş sxemasi harorat maydoni, plastik zonalar çegaralari hamda siljişlarni aniqlaş imkonini berib, real konstruktsiyalarni termomexanik tahlil qilişda muhim ahamiyatga ega ekani tasdiqlandi. Natijalarni özaro taqqoslaşda qöyilgan çegaraviy masalaning matematik jihatdan töğri qöyilgani va modellaştiriş yondaşuvining adekvatligini körsatdi.

Eksperimental tadqiqotlarda uglerod va bazalt tasmalari bilan kuçaytirilgan B35 markali beton tösinlar sinovdan ötkazildi. Uglerod tasmalari bilan mustahkamlangan tösinlar 12,5 tonnadan ortiq yuk taʼsirida buzilgan bölsa, bazalt lentalari bilan kuçaytirilgan naʼmunalar 9–10 tonna atrofidagi yuklarda buzilgani kuzatildi. Barça holatlarda buziliş eguvçi moment maksimal bölgan zonada qiya kesim böylab yuzaga kelgan.

Tajribalar şuni körsatdiki, kompozit materiallar bilan kuçaytiriş taʼsiri konstruktsiya elastiklik qobiliyatini yöqotgandan keyingina namoyon böladi. Mustahkamlanmagan tösinlar betonning siqilgan zonasi böylab buzilgan bölsa, kuçaytirilgan tösinlarda buziliş sxemalari sezilarli darajada farq qildi.

Muhim xulosalardan biri şundaki, uglerod tolali kompozit tasmalar yuqori deformatsiyalarda uzilişi mumkin, bazalt tasmalari esa bu holatda ham yaxlitligini saqlab qoladi. Şu asosda kompozit materiallar bilan kuçaytirilgan temirbeton elementlar uçun turli çegaraviy holatlar aniqlanib, ularni hisoblaşning yangi uslublari işlab çiqildi.

Umuman olganda, olingan natijalar temirbeton konstruktsiyalarni töqima polimer kompoztsion materiallar yordamida mustahkamlaş ularning yuk kötariş qobilyatini sezilarli darajada oşirişni ilmiy va amaliy jihatdan isbotladi. Bu esa quriliş sohasida zamonaviy, samarali va işonçli yeçimlarni joriy etiş uçun mustahkam ilmiy asos bölib xizmat qiladi.

Öxşaş yangiliklar

Qalin anizotrop plastinalarning bimomentli nazariyasi

Физика-математика фанлари доктори (DSc) диссертацияси мавзуси Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Олий аттестация комиссиясида B2018.3.DSc/FM1...

5 Batafsil

Namlangan gruntlardajoylaşgan quvurlarning dinamik ustuvorligi

Физика-математика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси мавзуси Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Олий аттестация комиссиясида...

5 Batafsil