Asosiy kontentga ötiş
Tadbirlar

«RAXMATULLIN ÖQIŞLARI» XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN

«RAXMATULLIN ÖQIŞLARI» XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN

2023 yil 26-27 may kunlari Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetida «RAXMATULLIN ÖQIŞLARI» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ötkazildi. Anjuman Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovasiya vazirligi kömagida taşkil qilindi. Anjumanni taşkil etişda Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining M.T.Örozboyev nomidagi Mexanika va inşootlar seysmik mustahkamligi instituti, N.E.Jukovskiy nomidagi Markaziy aerodinamika institutlari iştirok etdilar. Anjuman mexanika sohasida tadqiqotlar olib borayotgan çet ellik va özbek olimlarining uzluksiz davom etadigan özaro aloqalarini mustahkamlaş, olimlar örtasida amaliy natija beradigan samarali hamkorlik va ilmiy ğoyalar almaşinuvini kuçaytiriş böyiça xalqaro miqiyosida ilmiy tajribalar va natijalarni tahlil qiliş maqsadida taşkil qilindi.

  

Anjumanni Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti prorektori Ye.S.Ergaşev tabrik sözi bilan oçib berdi. Umumiy majlisda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy kotib professor G.A.Baxodirov, Özbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Mexanika va inşootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori professor K.Sultanov sözga çiqdib, ilm-fanni rivojlanişida mexanika fanining roli haqida gapirib ötdilar.

  

Anjumanda Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, P.P.Şirşov nomidagi RFA Okeanogogiya instituti ilmiy raxbari, M.V.Lomonosov nomidagi MDU “Gaz va tölqinlar dinamikasi” kafedrasi mudiri R.I.Nigmatulin, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi S.L.Çernişevlar öz ma’ruzalari bilan iştirok etdilar.

  

  

  

Anjuman mexanika sohasidagi muammolarga bağişlangan:

-Murakkab strukturali muxitlarda tölqin tarqalişi.
-Suyuqlik va gaz mexanikasiga doir amaliy masalalar.
-Hisoblaş mexanikasi va matematik modellaştiriş.
-Kompozitlar va bir jinsli bölmagan muhitlar mexanikasi.
-Robototexnika. Dinamik sistemalarni boşqariş va stabillaş.

Anjumanda respublikamiz va Rossiya Federatsiyasi, Amerika qöşma ştatlari, Belorus Respublikasi, Qozoğiston Respublikasi, Qirğiziston Respublikasining yetakçi olimlari  mexanikaning turli yönalişlari böyiça ilm-fanda erişilgan yutuqlarni aks ettirgan ma‘ruzalari bilan iştirok etdilar.

Öxşaş yangiliklar