Rossiya Fanlar Akademiyasining A.Yu.Işlinskiy nomidagi Mexanika muammolari instituti boş ilmiy xodimi, professor S.V. Kuznesovning ilmiy ma'ruzasi
2023 yil 28 aprel kuni M.T.Örozboev nomidagi Mexanika va inşootlar seysmik mustahkamligi institutida seysmik mustahkamlik sohasidagi yetakçi olim iştirokida ilmiy seminar bölib ötdi. Seminarda Rossiya Fanlar Akademiyasining A.Yu.Işlinskiy nomidagi Mexanika muammolari instituti boş ilmiy xodimi fizika-matematika fanlari doktori, professor Sergey Vladimiroviç Kuznesovning köp yillik ilmiy natijalariga asoslangan «2023 yil 6 fevraldagi Turkiya va Suriyadagi halokatli zilzila. Sabablari, matematik modellar va seysmik himoya tizimlari» mavzusidagi ilmiy ma'ruza qildi.

Professor S.V. Kuznesov ma'ruzasi davomida Turkiyada bölib ötgan zilzila oqibatlarining tahlili asosida olingan xulosalar, şikastlangan binolarning buziliş sabablarini örganiş natijalari keltirib ötdi. Kelgusida bunday halokatli zilzilalarda şikastlanişlarni oldini oliş böyiça seysmik baryerlarni örnatiş samarasi, sirt tölqinlar kuçini kamaytiriş böyiça bajarilgan ilmiy-tadqiqot işlari natijalarini, seysmik tölqinlarni söndiruvçi metamateriallarni qöllaş böyiça tavsiyalar töğrisida töxtalib ötdi.

Ma'ruzadan söng seminar iştirokçilari özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bundan taşqari S.V. Kuznesov bilan bino va inşootlarning seysmik xavfsizligini ta'minlaş borasida hamkorlikda ilmiy tadqiqot işlarini olib borişga kelişib olindi.

Uşbu tadqiqot yönalişi Özbekiston Respublikasi uçun ham juda dolzarb masala hisoblanib, bino va inşootlarning seysmik himoya çora tadbirlari kelgusida bölişi mumkin bölgan zilzilalarning halokatli zararini kamaytirişga xizmat qiladi.