“TARAQQIYOT STRATEGIYASI” MARKAZI TOMONIDAN “ÖZBEKISTON — 2030” STRATEGIYASI RAMZI IŞLAB ÇIQILDI
“Özbekiston &ndaş; 2030” strategiyasi ramzining asosini “Yangi Özbekiston” va “Uçinçi Renessans” timsoli sifatida “Yangi Özbekiston” boğidagi Mustaqillik monumenti obrazi taşkil etadi. Ramzda aks ettirilgan Mustaqillik monumenti mamlakatimiz tarixi, bugungi kuni va kelajakning özaro uyğunligi ifodasi sifatida talqin etilsa, uning yuksaklikka böylaşişi negizida xalqimizning birligi va birdamligi, Özbekistonning dunyo davlatlari bilan hamjihatligi, tinçliksevar siyosati mujassamlaşgan.

Şuningdek, yuqoriga intilgan çiziqlar dinamikasida “Özbekiston &ndaş; 2030” strategiyasining beşta ustuvor yönalişi va unda belgilangan 100 ta maqsadni töliq hamda muvaffaqiyatli amalga oşiriş ezgu ğoyasi mavjud.
Logotipning yuqori qismida baxt-saodat, hurriyat va tinçlik timsoli hisoblangan qanotlarini yozgan Humo quşi tasvirlangan. U qadim, uç ming yildan ziyod davlatçilik tajribasiga ega, şu bilan birga, navqiron, orzu-maqsadlari ulkan, qonida erksevarlik tuyğulari jöş urayotgan, mehnatsevar va oliyjanob xalqiga tayanadigan davlat timsoli sifatida gavdalangan.
Humo quşga tutaş ustunlar esa inson huquq va erkinliklari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, taʼlim va tarbiya, davlat va jamiyat muvozanatining ifodasi sifatida tasvirlangan. Şuningdek, mazkur element davlatning hokimiyatni amalga oşirişi, şu bilan birga jamiyat manfaatlari, erkinliklari, talablari örtasidagi muvofiqlik va uyğunlikni anglatadi.
Strategiya ramzida yangi tahrirdagi Özbekiston Konstitutsiyasida qoida sifatida belgilangan “Yangi Özbekiston &mdaş; ijtimoiy davlat” tamoyilining majoziy nişonasi sifatida uçburçak şakl elementidan foydalanilgan. U faol islohotlarni amalga oşiriş davrida aholining barça qatlamlarini muhofazalaş, ular uçun teng imkoniyatlar yaratiş, ayniqsa, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bölgan şaxslarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, işsizlikdan himoya qiliş, kafolatlangan sifatli taʼlim, malakali tibbiy yordam doimo davlat oldidagi ustuvor vazifa ekanligining tamal toşidir.
Mustaqillik monumentining içki qismida aks ettirilgan jamiyat &ndaş; Özbekistonning bir xalqi obrazi hisoblanadi. Unda yuksak insoniy fazilatlar sohibi bölgan, uluğ maqsad yölida birlaşgan, tinçliksevar, mehnatkaş, bağrikeng va dono xalqimiz gavdalanadi. Şuningdek, mazkur obraz mamlakatda amalga oşirilayotgan barça islohotlar inson qadri, uning farovon turmuş keçirişiga qaratilayotganini aks ettirib, davlatning bebaho boyligi xalq ekanligini anglatadi.
Uşbu element xalqimizning tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik ğoyalariga sadoqatli ekanligini namoyon qiladi. Şu bilan birga, u mustahkam oila jamiyatning asosiy böğini sifatida doimo jamiyat va davlat muhofazasida ekanligini ifodalaydi.